Udk: 9(M)1:(C52). 001(09) kbk: 63. 3(5O’zb)24 “Amir Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat rivojining jahon tamaddunidagi o’rni
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
А Темур конфренция умумий oxirgi 01 12 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raya Nurqulova
81 II-BOB. “TEMUR TUZUKLARI”, UNING YARATILISHI VA O’RGANILISH TARIXI MASALALARI. TEMUR TUZUKLARIDA ADOLAT MASALASI. JDPI, magistranti Eshonqulov Umurzoq Ilmiy rahbar: dots. Raya Nurqulova Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyot chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning shaxsiyati, tarixi, harbiy salohiyati, xalqlar hamda davlatlar oʻrtasida tutgan oʻrni, diplomatik aloqalar, munosabatlarni joriy etishdagi faolligi toʻgʻrisida juda koʻplab tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar, risolalar, publitsistik maqolalar yozilgan. Shubhasizki, Temur haqida yozilgan katta asar yoki kichik maqola boʻlsin, har birida dahoning shaxsiyatiga tarixda oʻchmas iz qoldirgan yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida yuqori baho berishadi. Tadqiqotchilar tomonidan Amir Temur shaxsiyatiga murojat etilar ekan, bu buyuk dahoning hali o’rganilmagan yangidan yangi jihatlari ochilib kelaveradi, xususan, Amir Temur adolatli jamiyat qurishga, inson huquqlari fqih ilmi (musulmon qonunshunosligi) asosida ta`minlashga, mol-mulk daxilsizligiga, zo’rovonlikga qarshi chiqadi 59 Amir Temur uzigi ko’zida yozilgan, “Adolat najot yo’lidir” degan qisqacha iborasi ham uning dunyo qarashi ko’zgusi va amaliy faoliyatning asosiy shiori edi. Amo Temurning barcha xati xarakatlarida uning ta`siri ochiq sezilib turadi. Adolatga ishonish Amir Temur uchun iymon darajasiga ko’tarilgan edi. Amir Temurning yetti yoshi 1342-yildan to 1405-yil 18-fevralga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy siyosiy faoliyati haqida ma`lumot 59 Amir Temur soboqlar moqolalar toplami 26-bet (Toshkent 1997-yil) 82 beruvchi Sohibqironing og’zidan yozilgan “Temur tuzuklari” asarida adolatli davlatni boshqarganligi xaqida shunday deydi 60 “Adolat va insof bilan Tangrimning yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlarning ko‘nglidan joy oldim. Siyosat va insof bilan sipohlarimni, raiyatni umid va qo‘rqinch orasida tutib turdim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim” Amir Temur adolat bilan davlatni boshqarishda har doim ustozlari maslahatiga amal qilar nasihatlarni tinglar edi har bir ishni boshlashdan oldin mashvarat qilar edi bu to’g’risida temur tuzuklarida shunday deydi 61 ”Pirim menga yozmishlarkim: «Abulmansur Temur, saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) (o‘zing bilan) kengash; 2) (boshqalar bilan) mashvaratu maslahat ayla; 3) hushyorligu mulohazakorlik bilan qat’iy qaror chiqar; 4) ehtiyotkor bo‘l. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlariyu aytgan gaplari xato bo‘lgan johil kimsaga qiyoslash mumkin; uning so‘zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik ila nadomat keltirgay. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Bu maktub menga yo‘l boshlovchi yanglig‘ rahnamolik qildi. U menga saltanat ishlarining to‘qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini anglatdi.” Sohibqiron Amir Temur odiy xalq turmushiga katta e`tibor qaratar oddiy xalqni o’z oila a`zolaridek ko’rar edi. Shuning uchun xalqning xolidan xabar olib turishga ularning kayfiyatni bilib turishga va xalqning o’zlari so’ragan kishini rahbar qilib tayinlar edi. 62 “Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida 60 Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 54 bet (Toshkent-1991-yil) 61 Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 14 bet (Toshkent-1991-yil) 62 Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 55 bet (Toshkent-1991-yil) 5 Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 75 bet (Toshkent-1991-yil) 83 ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el va shaharning rasm-u odatlari, mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir o‘lka va shahar axdining ashrof- ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Mizojlariga, tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim. Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turish-turmushini, qilish- qilmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarni xatga bitib, menga bildirib turishlari uchun diyonatli, to‘g‘ri yozuvchi kishilarni belgiladim. Bordi- yu egri yozganlari menga bildirilsa, ularni jazoladim. Hokimlaru sipohdan qay birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdim” Yuqorida keltirilgan misralardan ko’rinib turibdiki Sohibqiron Amir Temur raiyat-oddiy xalqa nisbatan adolatli bo’lish, holidan xabar olishga, harakat qilgan va ularga o’zi kabi adolatli rahbar tayinlash masalasiga alohida e`tibor bergan va yangi tayinlanadigan rahbarga nisbatan juda qattiq talabchan bo’lgan biz bu to’g’risida “Temur tuziklariga” murojaat etamiz bunda vazir lavozimga ega bo’lgan inson qanday sifatlarga ega bo’lishi kerakligi tog’risida shunday deydi “Amr qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega kishilardan bo‘lishlari lozim: birinchisi asillik va toza nasllik, ikkinchisi–aql, farosatlilik, uchinchisi– sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik, to‘rtinchisi–sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Kimki shu to‘rt sifatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi deb bilsinlar. Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlasinlar. Mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz– ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat berilsin. Qaysi vazir g‘iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o‘ziga yoqmagan kishilarni yo‘qotish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasliyu zoti past, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko‘ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko‘ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi.” Amir Temurnig adolatli foliyati haqida temur tuziklari, arab murihlar va g’arbiy Yevropa bilan olib borilgan elchlik aloqalari natijaasida yurtmizga tashrif buyurgan elchilar estaliklarida qizqarli 84 malumotlar uchratamiz. Shulardan Kastiliya qiroli Genrix III tomonidan yuborilgan Rui Gansales de Klavixo boshliq elchilari 1404-yilning sentabr noyabr oylarida Samarqandda bo‘ladilar. Klavixoning safar taassurotlari “Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” va “Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi bu asarlarda Amir Temur foliyati haqida ajoyib voqealar hikoya qilinadi. Amir Temur uzoq vaqt davomida harbiy safarlardan Samarqandga qaytib kelgandan so’ng xalqning holidan xabar olar edi. Safarda vaqtida davlat boshqaruvga tayinlab ketgan amaldorlar foliyati juda qattiq nazoratga olinar edi bu to’g’risida Rui Gansales de Klavixo “Buyuk Temur tarixi” asarida quydagicha bayon etadi 63 ”Temurbek olti yil-u o'n bir oy bo'lmagan vaqtda uni o'z o'rniga hokim tayinlab ketganli. Shu vaqtlar mobaynida bu kishi Temurbekning ishonchidan foydalanib, o'z lavozimini suiste'mol qilgan, ko'p xatoliklarga yo'l qo’ygan. Sohibqiron Samarqandga qaytib kelishi bilanoq, bu kishini oldiga chaqirib, molk- mulkini musodara qildi, o'ziga jazo tayinladi. Shunday taniqli kishiga bunday jazoning berilishi hammani hayratga soldi, chunki bu kishiga Sohibqironning o'zi ko'p ishonch bildirgandi. Sobiq hokimning tarafini olib chiqqanlar ham jazolandi. Shundan keyin Temurbek yana ko'pgina insonlarni jazoladi. Bunga misol qilib, bozordagi bir qancha qassoblarni ko'rsatish mumkin. Bu qassoblar Temurbek yo'q bo'lgan vaqtda go'shtlarni o'z narxidan ancha qimmatiga sotganligi uchun jazolandilar. Keyinroq bozordagi hunarmandlar, etikdo'zlar o'z mollarini qimmat narxda sotayotganligini bilib, ularning ham ortiqcha daromadlarini olib qo'yishni buyurdi. 64 Temur yozishmalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan so'rovlar o'tkazish, tergov qilish, tekshirish, taftish ishlari amalga oshirilgan. O`z amalini suiste'mol qilish, poraxo'rlik, doimiy ichkilik ichish, maishiy buzuqlik kabilar og'ir gunoh hisoblanib, qattiq jazolangan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, suiste’mol qilish Temur avlodlariga ham talluqli bo'lgan ular ham tegishli jazo olganlar. Jumladan, uning o'g'li 63 Amir Temur Yevropa elchilari nigoxida 126-bet (Toshkent 2007-yil) 64 Amir Temur jahon tarixida tutgan o’rni FAN nashryoti 1996-yil 14 bet 85 Mironshoh, nevarasi Amirzoda Pirmuhammadlar xalq oldida qattiq jazoga tortilganliklari to'g'risida manbalarda yozib qoldirilgan . Amir Temur davlatning obro'si, sharafi, manfaati sohasida g'oyat qattiqqo'l edi. U bunday paytlarda o'zini ham, o'g'il va nevaralarnni ham, qarindosh-urug'lar ham, harbiy boshliqlarni ham ayamas edi. U davlat ishlarida g'oyat mustahkam sobit va barqaror turardi. Xullas, Sohibqiron Amir Temur 35-yilik hukumronlik qilgan davr mobaynida adolat shamshirni mahkam tutib davlatni boshqardi eng, avvalo, Rayat- oddiy xalq manfatlarni himoya qilindi. Yo’qsillar holidan xabar olindi, jabr-zulum nohaqlikga murosasiz munosabatda bo’lindi. Sohibqiron Amir Temur amaldorlar o’rtasida tez-tez taftish o’tkazilib o’z ishni tashlab qoygan poraxo’rlik, ichklikbozlik, mayishi buzuqilikga berilib ishida, suiste’molchilikka yo’l qo’ygan amaldorlar, vazirlar, viloyat hokimlari, sarkardalar qatiq jazolandi. Bunda Amir Temur davlat ishlarida g’oyatda mustahkam sobit turib o’z yaqinlari qarindosh urug’lari, o’g’ilari, nabiralariga ham jazo tayinladi. Natijada Sohibqiron Amir Temurdan dasturi amal bo’la oladigan kelajak avlod uchun buyuk ma`naviy meros qoldi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling