Udk: 9(M)1:(C52). 001(09) kbk: 63. 3(5O’zb)24 “Amir Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat rivojining jahon tamaddunidagi o’rni


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1248701
1   2   3
Bog'liq
А Темур конфренция умумий oxirgi 01 12 2021

 
 


81 
II-BOB. “TEMUR TUZUKLARI”, UNING YARATILISHI VA 
O’RGANILISH TARIXI MASALALARI. 
 
TEMUR TUZUKLARIDA ADOLAT MASALASI. 
 
JDPI, magistranti Eshonqulov Umurzoq
Ilmiy rahbar: dots. Raya Nurqulova 
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va 
Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar 
bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga 
keltirdi. Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan 
ziyot chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan. Buyuk 
bobokalonimiz Amir Temurning shaxsiyati, tarixi, harbiy salohiyati, 
xalqlar hamda davlatlar oʻrtasida tutgan oʻrni, diplomatik aloqalar, 
munosabatlarni joriy etishdagi faolligi toʻgʻrisida juda koʻplab tarixiy, 
badiiy, ilmiy asarlar, risolalar, publitsistik maqolalar yozilgan. 
Shubhasizki, Temur haqida yozilgan katta asar yoki kichik maqola 
boʻlsin, har birida dahoning shaxsiyatiga tarixda oʻchmas iz qoldirgan 
yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida 
yuqori baho berishadi. 
Tadqiqotchilar tomonidan Amir Temur shaxsiyatiga murojat etilar 
ekan, bu buyuk dahoning hali o’rganilmagan yangidan yangi jihatlari 
ochilib kelaveradi, xususan, Amir Temur adolatli jamiyat qurishga, 
inson huquqlari fqih ilmi (musulmon qonunshunosligi) asosida 
ta`minlashga, mol-mulk daxilsizligiga, zo’rovonlikga qarshi chiqadi 
59
Amir Temur uzigi ko’zida yozilgan, “Adolat najot yo’lidir” degan 
qisqacha iborasi ham uning dunyo qarashi ko’zgusi va amaliy 
faoliyatning asosiy shiori edi. Amo Temurning barcha xati xarakatlarida 
uning ta`siri ochiq sezilib turadi. Adolatga ishonish Amir Temur uchun 
iymon darajasiga ko’tarilgan edi. 
Amir Temurning yetti yoshi 1342-yildan to 1405-yil 18-fevralga 
qadar kechgan hayoti va ijtimoiy siyosiy faoliyati haqida ma`lumot 
59
Amir Temur soboqlar moqolalar toplami 26-bet (Toshkent 1997-yil) 


82 
beruvchi Sohibqironing og’zidan yozilgan “Temur tuzuklari” asarida 
adolatli davlatni boshqarganligi xaqida shunday deydi
60
“Adolat va insof 
bilan Tangrimning yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. 
Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat 
yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlarning 
ko‘nglidan joy oldim. Siyosat va insof bilan sipohlarimni, raiyatni umid 
va qo‘rqinch orasida tutib turdim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga 
rahmdillik qildim” 
Amir Temur adolat bilan davlatni boshqarishda har doim ustozlari 
maslahatiga amal qilar nasihatlarni tinglar edi har bir ishni boshlashdan 
oldin mashvarat qilar edi bu to’g’risida temur tuzuklarida shunday 
deydi
61
”Pirim menga yozmishlarkim: «Abulmansur Temur, saltanat 
ishlarida to‘rt narsaga amal qilgin, ya’ni: 1) (o‘zing bilan) kengash; 2) 
(boshqalar 
bilan) 
mashvaratu 
maslahat 
ayla; 
3) 
hushyorligu 
mulohazakorlik bilan qat’iy qaror chiqar; 4) ehtiyotkor bo‘l. Chunki 
kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlariyu aytgan 
gaplari xato bo‘lgan johil kimsaga qiyoslash mumkin; uning so‘zlari va 
qilmishlari boshga pushaymonlik ila nadomat keltirgay. Shunday ekan, 
saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, 
toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan.
Bu maktub 
menga yo‘l boshlovchi yanglig‘ rahnamolik qildi. U menga saltanat 
ishlarining to‘qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir 
ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini anglatdi.” 
Sohibqiron Amir Temur odiy xalq turmushiga katta e`tibor qaratar 
oddiy xalqni o’z oila a`zolaridek ko’rar edi. Shuning uchun xalqning
xolidan xabar olib turishga ularning kayfiyatni bilib turishga va xalqning 
o’zlari so’ragan kishini rahbar qilib tayinlar edi. 
62
“Raiyat ahvolidan 
ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida 
60
Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 54 bet (Toshkent-1991-yil) 
61
Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 14 bet (Toshkent-1991-yil) 
62
Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 55 bet (Toshkent-1991-yil) 
5
Temur tuziklari G’ofur G’ulom nashryoti 75 bet (Toshkent-1991-yil) 


83 
ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el va shaharning rasm-u odatlari, 
mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir o‘lka va shahar axdining ashrof-
ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Mizojlariga, tabiatiga to‘g‘ri kelgan, 
o‘zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim. Har bir diyor 
aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakatning 
ahvolini, 
sipohu 
raiyat 
kayfiyatini, 
turish-turmushini, 
qilish-
qilmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarni xatga bitib, menga bildirib 
turishlari uchun diyonatli, to‘g‘ri yozuvchi kishilarni belgiladim. Bordi-
yu egri yozganlari menga bildirilsa, ularni jazoladim. Hokimlaru 
sipohdan qay birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga 
nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko‘rdim” 
Yuqorida keltirilgan misralardan ko’rinib turibdiki Sohibqiron Amir 
Temur raiyat-oddiy xalqa nisbatan adolatli bo’lish, holidan xabar 
olishga, harakat qilgan va ularga o’zi kabi adolatli rahbar tayinlash 
masalasiga alohida e`tibor bergan va yangi tayinlanadigan rahbarga 
nisbatan juda qattiq talabchan bo’lgan biz bu to’g’risida “Temur 
tuziklariga” murojaat etamiz bunda vazir lavozimga ega bo’lgan inson 
qanday sifatlarga ega bo’lishi kerakligi tog’risida shunday deydi “Amr 
qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega kishilardan bo‘lishlari lozim: 
birinchisi asillik va toza nasllik, ikkinchisi–aql, farosatlilik, uchinchisi–
sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalalik, 
to‘rtinchisi–sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Kimki shu to‘rt sifatga 
ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq kishi deb bilsinlar. 
Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlasinlar. Mamlakat ishlarini, sipoh 
va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz–
ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat berilsin. Qaysi vazir g‘iybat gaplarni 
aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o‘ziga yoqmagan 
kishilarni yo‘qotish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. 
Nasliyu zoti past, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko‘ngilli kishilarga 
zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko‘ngilli, zoti past 
odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi.”
Amir Temurnig adolatli foliyati haqida temur tuziklari, arab 
murihlar va g’arbiy Yevropa bilan olib borilgan elchlik aloqalari 
natijaasida yurtmizga tashrif buyurgan elchilar estaliklarida qizqarli 


84 
malumotlar uchratamiz. Shulardan Kastiliya qiroli Genrix III tomonidan 
yuborilgan Rui Gansales de Klavixo boshliq elchilari 1404-yilning 
sentabr noyabr oylarida Samarqandda bo‘ladilar. Klavixoning safar 
taassurotlari “Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” va 
“Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha 
bor nashr qilinadi bu asarlarda Amir Temur foliyati haqida ajoyib 
voqealar hikoya qilinadi. 
Amir Temur uzoq vaqt davomida harbiy safarlardan Samarqandga 
qaytib kelgandan so’ng xalqning holidan xabar olar edi. Safarda vaqtida 
davlat boshqaruvga tayinlab ketgan amaldorlar foliyati juda qattiq 
nazoratga olinar edi bu to’g’risida Rui Gansales de Klavixo “Buyuk 
Temur tarixi” asarida quydagicha bayon etadi
63
”Temurbek olti yil-u o'n 
bir oy bo'lmagan vaqtda uni o'z o'rniga hokim tayinlab ketganli. Shu 
vaqtlar mobaynida bu kishi Temurbekning ishonchidan foydalanib, o'z 
lavozimini suiste'mol qilgan, ko'p xatoliklarga yo'l qo’ygan. Sohibqiron 
Samarqandga qaytib kelishi bilanoq, bu kishini oldiga chaqirib, molk-
mulkini musodara qildi, o'ziga jazo tayinladi. Shunday taniqli kishiga 
bunday jazoning berilishi hammani hayratga soldi, chunki bu kishiga 
Sohibqironning o'zi ko'p ishonch bildirgandi. Sobiq hokimning tarafini 
olib chiqqanlar ham jazolandi. Shundan keyin Temurbek yana ko'pgina 
insonlarni jazoladi. Bunga misol qilib, bozordagi bir qancha qassoblarni 
ko'rsatish mumkin. Bu qassoblar Temurbek yo'q bo'lgan vaqtda 
go'shtlarni o'z narxidan ancha qimmatiga sotganligi uchun jazolandilar. 
Keyinroq bozordagi hunarmandlar, etikdo'zlar o'z mollarini qimmat 
narxda sotayotganligini bilib, ularning ham ortiqcha daromadlarini olib 
qo'yishni buyurdi.
64
Temur yozishmalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan so'rovlar o'tkazish, 
tergov qilish, tekshirish, taftish ishlari amalga oshirilgan. O`z amalini 
suiste'mol qilish, poraxo'rlik, doimiy ichkilik ichish, maishiy buzuqlik 
kabilar og'ir gunoh hisoblanib, qattiq jazolangan. Sharafiddin Ali 
Yazdiyning yozishicha, suiste’mol qilish Temur avlodlariga ham talluqli 
bo'lgan ular ham tegishli jazo olganlar. Jumladan, uning o'g'li 
63
Amir Temur Yevropa elchilari nigoxida 126-bet (Toshkent 2007-yil)
64
Amir Temur jahon tarixida tutgan o’rni FAN nashryoti 1996-yil 14 bet 


85 
Mironshoh, nevarasi Amirzoda Pirmuhammadlar xalq oldida qattiq 
jazoga tortilganliklari to'g'risida manbalarda yozib qoldirilgan . Amir 
Temur davlatning obro'si, sharafi, manfaati sohasida g'oyat qattiqqo'l 
edi. U bunday paytlarda o'zini ham, o'g'il va nevaralarnni ham, 
qarindosh-urug'lar ham, harbiy boshliqlarni ham ayamas edi. U davlat 
ishlarida g'oyat mustahkam sobit va barqaror turardi. 
Xullas, Sohibqiron Amir Temur 35-yilik hukumronlik qilgan davr 
mobaynida adolat shamshirni mahkam tutib davlatni boshqardi eng
avvalo, Rayat- oddiy xalq manfatlarni himoya qilindi. Yo’qsillar holidan 
xabar olindi, jabr-zulum nohaqlikga murosasiz munosabatda bo’lindi. 
Sohibqiron Amir Temur amaldorlar o’rtasida tez-tez taftish o’tkazilib 
o’z ishni tashlab qoygan poraxo’rlik, ichklikbozlik, mayishi buzuqilikga 
berilib ishida, suiste’molchilikka yo’l qo’ygan amaldorlar, vazirlar, 
viloyat hokimlari, sarkardalar qatiq jazolandi. Bunda Amir Temur davlat 
ishlarida g’oyatda mustahkam sobit turib o’z yaqinlari qarindosh 
urug’lari, o’g’ilari, nabiralariga ham jazo tayinladi. Natijada Sohibqiron 
Amir Temurdan dasturi amal bo’la oladigan kelajak avlod uchun buyuk 
ma`naviy meros qoldi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling