UGLERODNING ALLOTROPIC SHAKLLARI
FIZIK XOSSALARI
To’rtta allotropic shakl o’zgarishga ega: olmos, grafit, karbin va fullerin. Olmos – kristall modda, tiniq, yorug’lik nurini sindiruvchan, juda qattiq, elektr tokini o’tkazmaydi, issiqlikni yomon o’tkazadi. ρ =3,5 г/см3; Т°suy. = 3730 °C; Т°qay = 4830 °C. Olmos strukturasida har bir uglerod atomi sp3-gibridlangan bo’lib, boshqa to’rtta atom bilan bir hil mustahkamlikda bog’langan. Ularning tashqarisida ham to’g’ri tetraedr shaklida atomlar joylashgan. Kristallning barcha qismi uch o’lchamli karkasdan iborat va bu tuzilish olmosning qattiqligini ta’minlaydi. Olmos eng qattiq tabiiy modda. Uning ikki xil polimorf shakli mavjud: kub va geksoganal.
Do'stlaringiz bilan baham: |