Uglerod tarixiy ma’lumotlar uglerod
Kislorod bilan ta’shirlashadi
Download 150 Kb.
|
UGLEROD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaytaruvchilik xossasi .
- UGLEROD (IV) OKSID. CO 2 . MOLEKULASINING TUZILISHI.
- Kislotali oksid xossasi
- KISLOTALARI VA TUZLARI
- Karbonat va gidrokarbonat ionlariga sifat reaksiyasi.
- UGLERODNING TABIATDA AYLANISHI: ISHLATILISHI Olmos
- Karbin ga
Kislorod bilan ta’shirlashadi.
Kislorodda qizdirilganda chiroyli ko’k alanga berib yonadi: 2СО + О2 = 2СО2. Vodorod bilan ta’sirlashadi. СО + Н2 = С + Н2О. Boshqa metallmaslar bilan ta’sirlashadi. Katalizator ishtirokida galogenlar bilan oson ta’sirlashadi: СО + Cl2 = COCl2 (fosgen). 350° C da oltingugurt bilan: СО + S = COS (karbonilsulfid). Qaytaruvchilik xossasi. СО – Kuchli qaytaruvchi. Ko’plab metall oksidlaridan metallarni qaytaradi: C+2O + CuO = Сu + C+4O2. Metallarga ta’siri. Metallarni karbonillar holiga aylantiradi: Ni + 4CO = Ni(CO)4; Fe + 5CO = Fe(CO)5.
Gazgeneratorda maydalangan ko’mirdan havo o’tkazib olinadi: C + O2 = CO2, CO2 + C = 2CO. Laboratoriyada Chumoli va shavel kislotalarini sulfat kislota ishtirokida termik parchalab olinadi: HCOOH = H2O + CO, H2C2O4 = CO + CO2 + H2O. UGLEROD (IV) OKSID. CO2. MOLEKULASINING TUZILISHI. СО2 molekulasi chiziqli, uzun (0,116 nm) qo’sh bog’li bo’ladi. FIZIKAVIY XOSSALARI Uglerod (IV)oksid – rangsiz va hidsiz, havodan og’ir, suvda eriydi, kristallanganda kuchli sovub oq muz holiga o’tadi buni “quruq muz” deyiladi. Atmosfera bosimida suyuqlanmaydi, bug’lanmaydi. Sublimatlanish temp= -78 °С. U organic moddalarning yonishi va bijg’ishidan hosil bo’ladi. Havoda va minerallar tarkibida, o’simlikalr va hayvonlar nafas olish jarayonida uchraydi. Suvda kam eriydi (15 °С da 1 hajm suvda 1 hajm eriydi). KIMYOVIY XOSSALARI Uglerod (IV) oksid kimyoviy jihatdan inert. Cho’g’holatidagi ko’mir uglerod (IV) oksid bilan reaksiyaga kirishadi: С + СО2 = 2СО. Magniy havoda yonadi va yonish davom ettirilganda havodagi CO2 bilan ta’sirlashadi: 2Mg + CO2 = 2MgO + C.
Kislotali oksid xossasi Tipik kislotali oksid. Asosli oksid va asoslar bilan ta’sirlashib, tuzlar hosil qiladi: Na2O + CO2 = Na2CO3, 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O, NaOH + CO2 = NaHCO3. Sifat reaksiyasi Uglerod (IV) oksidiga sifat reaksiyasi ohakli suv bilan reaksiyasidir: Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3↓ + H2O. Avvaliga oq cho’kma hosil bo’ladi. Ushbu eritmadan karbonat angidrid uzoq muddat o’tkazilib turilsa, erimaydigan kalsiy karbonat eruvchan gidrokarbonatga aylanadi: CaCO3 + H2O + CO2 = Сa(HCO3)2. OLINISHI Uglerod (IV) oksid karbonatlarni termik parchalab olinadi. Masalan, ohaktoshni parchalash: CaCO3 = CaO + CO2, Karbonat va gidrokarbonatlarga kuchli kislotalar ta’sir ettirib olinadi: CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + H2O + CO2, NaHCO3 + HCl = NaCl + H2O + CO2. Uglerodning tabiatda aylanishida uglerod (IV) oksidi asosiy vazifani bajaradi. U neft va neft maxsulotlarini qayta ishlashdan, karbonatlarni parchalanishidan, insonlar va hayvonlarning nafas olishidan xosil bo’ladi. Uglerod (IV) oksidi o’simliklardagi fotosintez jarayonida ishtirok etadi. KISLOTALARI VA TUZLARI Uglerod (IV) oksidining suvda erishidan juda kuchsiz kislota – karbonat kislota Н2СО3 hosil bo’ladi. Karbonat kislota eritmasi gidratlangan molekula СО2 va beqaror Н2СО3 ning bir necha bosqichda ajralgan ionlaridan iborat bo’ladi. Uning eritmasidagi jarayonni quyidagicha tasvirlash mumkin: СО2 (г) + Н2О СО2 · Н2О (eritma) Н2СО3 Н+ + HCO3- 2H+ + CO32-. Karbonat kislota – kuchsiz beqaror kislota. Uni suvli eritmalaridan ajratib olish mumkin emas. Ikki asosli, ikki turdagi tuzlar (karbonatlar va gidrokarbonatlar) hosil qiladigan kuchsiz xossaga ega kislota. Karbonat ioni tekis uchburchak shaklga ega; Uglerodning gibridlangan 3 ta atomi kislorod bilan uchta bog’ xosil qiladi. Bog’lanishda ishtirok etmagan p-orbitall kislorodning xuddi shunday orbitali bilan bir-birini qoplaydi. Ikki valentli metallarning karbonatlari suvda qiyin eriydigan, barqaror moddalardir. Eng muhim karbonatlar: Na2CO3 soda, K2CO3 potash, CaCO3 ohaktosh, bo’r, marmar, BaCO3 og’ir shpat, gidrokarboatlar: NaHCO3 ichimlik sodasi, CaH(CO3)2 kalsiy gidrokarbonatlardir. lekin ularning eruvchanligi uglerod (IV) ishtirokida ortadi va gidrokarbonatlar hosil qiladi: СаСО3 + СО2 + Н2О = Са(НСО3)2. Metal karbonatlari (ishqoriy metallardan tashqari) qizdirirlganda dekarboksillanib oksid hosil qiladi: CuCO3 = CuO + CO2. Gidrokarbonatlar suvda yahshi eriydi (ichimli sodadan tashqari). Gidrokarbonatlar quruq holatda ham eritmada ham qizdirilganda parchalanib karbonatlar hosil qiladi: 2NaHCO3 = Na2CO3 + H2O + CO2. Karbonat va gidrokarbonat ionlariga sifat reaksiyasi. Kuchli kislotalar ta’sir ettirilganda uglerod (IV) oksid hosil bo’ladi: Na2CO3 + 2HCl = 2NaCl + H2O + CO2↑; CO32- + 2H+ = CO2 + H2O. UGLERODNING TABIATDA AYLANISHI: ISHLATILISHIOlmos qattiq materiallarni qayta ishlashda, oynalarni kesishda va sovg’a xamda esdalik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Grafit elektrodlar ishlab chiqarishda, metallarni suyuqlantirish uchun tigellar va qatlamlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Amorf uglerod tibbiyotda va bo’yoqlar, rezinalar hamda protivogazlar uchun adsorbentlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Karbinga yuqori zichlikka ega tolalar va yarim o’tkazgichlar sifatida qiziqish katta. Fullerinni nanomateriallarning asosi sifatida qo’llanilishini o’rganish boshlangan, chunki u yuqori darajada o’tkazuvchanlikka ega. Is gazi qaytaruvchi sifatida qo’llaniladi. Masalan, metallar va ularning oksidlarini olish xamda organic sintezlar ya’ni spirtlar, uglevodorodlar, aldegidlar va boshqalarni olish. Karbonat angidrid oziq-ovqat sanoatida, yong’inni o’chirish jixozlari ishlab chiqarishda, past temperature xosil qilishda “quruq muz” sifatida va biologic jarayonlarda katta axamiyatga ega. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling