Uglevodlar
Shakarga o’xshamagan polisaxaridlar
Download 189 Kb.
|
TURGUNOVA A KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amilopektin molekulasining tuzilishi.
Shakarga o’xshamagan polisaxaridlarShakarga o’xshamagan disaxaridlardan kraxmal va sellyuloza tabiatda keng tarqalgan. Ular glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Polisaxaridlarning molekulasi hosil bo’lishida glyukozid va uglevodorodlardagi gidroksil guruhlari ishtirok etadi. Ayrim hollarda oltinchi gidroksil ham qatnashishi mumkin. K raxmal va sellyuloza (C6H10O6)n yoki [C6H7O2(OH)3] umumiy formula bilan ifodalanadi. Kraxmal o’simliklar (kartoshka, don mahsulotlari va boshqalar) da yig’ilgan. Texnikada kartoshkadan olinadi. Oq kukun modda. Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega emas. Kraxmal gidrolizlanganda eriydigan kraxmal dekstrinlar mal’toza hosil bo’ladi. Katalizator sifatida solood fermenti ishlatilsa maltoza, sulfat kislota ishlatilsa glyukozaga gidrolizlanadi. Kraxmal ikkita polisaxarid – amiloza (20 – 30%) va amilopektin (70 – 80%) dan tashkil topgan. Amiloza 1,4-bog’ bilan bog’langan bir necha yuz glyukoza qoldig’idan tashkil topgan va tarmoqlangan emas: Amilopektin yuksak darajada tarmoqlangan molekula bo’lib, 20 dan 25 tacha -1,4-bog’ bilan bog’langan glyukoza qoldig’idan tashkil topgan, ayrim zanjirlari -1,6-bog’lar bilan bog’langan. Amilopektin molekulasining tuzilishi. Kraxmal oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. yelimlar tayyorlashda, glyukoza olishda ishlatiladi. Sellyuloza. Sellyuloza (C6H10O5)n. U ham tabiiy yuqori molekulyar polisaxarid bo’lib, barcha o’simliklar tarkibiga kiradi. Eng toza tabiiy paxta tolasi tarkibida 92-95% gacha, yog’och tarkibida 40-60% gacha sellyuloza bo’ladi. Sellyuloza molekulalari chiziqsimon tuzilgan bo’lib, α-glyukoza molekulasining qoldig’idan tashkil topgan. Sellyuloza molekulasida glyukoza qoldiqlarining soni o’rtacha 6000-12000 ta bo’ladi. Undagi glyukoza qoldig’ida uchtadan erkin gidroksil guruh bo’ladi. Sellyuloza mazasiz, hidsiz tolasimon oq modda. Suvda, efirda va spirtda erimaydi. U Shveytser reaktivi [Cu(NH3)4(OH)2] da va ba'zi kons. kislotalarda eriydi. Sellyuloza molekulasidagi uchta erkin gidroksil guruh hisobiga u nitrat, sirka va boshqa kislotalar bilan ta'sirlashib murakkab efirlar hosil qiladi. Masalan, nitrat kislota ta'sirida mono-, di-, va trinitrotsellyulozalar hosil qiladi: [(C6H7O2)(OH)3]n+3nHONO2→[(C6H7O2)(ONO2)3]n + 3nH2O Sirka kislota bilan ham mono-, di- va triatsetil sellyuloza hosil qiladi: [(C6H7O2)(OH)2(OCOCH3)]n ; [(C6H7O2)(OH)(OCOCH3)2]n; monoatsetil sellyuloza diatsetil sellyuloza [(C6H7O2)(OCOCH3)3]n triatsetil sellyuloza Sellyulozaning yana bir hosilasi sellyuloza ksantogenati sun'iy viskoza ipagi olishda katta ahamiyatga ega. U quyidagi reaksiya bo’yicha olinadi: [(C6H7O2)(OH)3]n + nNaOH →[(C6H7O2)(OH)2(ONa)]n + nH2O [(C6H7O2)(OH)2(ONa)]n +nCS2→ [(C6H7O2)(OH)2(O-CS-SNa)]n sellyuloza ksantogenati Bilasizmi? Eramizning II asri boshida Pekinlik saroy amaldori Say Lun kanop, zig’ir tolalaridan qog’oz yasagan. Yog’och chiqindisi poxol, don po’stloqlari, paxta chiqindisi, chala chirigan torf-bularning barchasi glyukoza, etanol va boshqalar kabi mahsulot manbalari hisoblanadi. Masalan, 1 tonna quruq torfdan 150 l gacha etanol olinadi Sellyuloza tabiatda keng tarqalgan. O’simlik to’qimalari sellyulozadan tashkil topgan. Paxta, filtr qog’oz tarkibida 96% gacha sellyuloza bo’ladi. Yog’ochning asosiy qismini sellyuloza va lignin tashkil etadi: Sellyuloza gidrolizlanganda oraliq mahsulot orqali glyukoza hosil bo’ladi. Sellyuloza Shveyser reaktivi (mis oksidining ammiakdagi eritmasi)da, rux xloridning to’yinmagan eritmasida, konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. S ellyulozadagi bir, ikki yoki uch gidroksil guruhini turli funksional guruhlarga almashtirib uning efirlarini, nitrotsellyuloza, atsetat sellyuloza va sellyuloza ksantogenatini hosil qilish mumkin: Tirnitrotsellyuloza tutunsiz porox tayyorlashda, dinitro- va nitro sellyulozalar (koloksilin) esa nitrolaklar tayyorlashda, koloksilin bilan kanfora aralashmasi (1/3 nisbatda) selluloid deb atalib, kinolentalar, qo’g’irchoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Shuning uchun sellyuloza xalq xo’jaligida katta ahamiyatga egadir. Kraxmal. U tabiiy polimer bo’lib (C6H10O5)n, asosiy zaxira oziq modda sifatida o’simliklar a'zolarida to’planadi. U kartoshka tuganaklarida 20 foizga yaqin, makkajo’xori donida 70% gacha, bug’doyda 75% gacha, guruchda 80% gacha bo’ladi. Kraxmal suvda erimaydigan oq kukun modda bo’lib, uni suvga solib ivitilsa kolloid eritma - kleyster hosil bo’ladi. Kraxmal yod ta'sirida ko’k rangga bo’yaladi. Kraxmal mineral kislotalar ishtirokida yoki diastaza va so’lakdagi fermentlar ta'sirida quyidagi chizma bo’yicha glyukozaga parchalanadi: (C6H12O5)n→ (C6H12O5)m→ nC12H22O11→ nC6H12O6 kraxmal dekstrin maltoza glyukoza Kraxmal donachalari amilaza (20-30%) va amilopektin (7080%)lardan iborat. Yod ta'sirida amilaza qismi ko’k rangga, amilopektin qismi esa binafsha rangga bo’yaladi. Download 189 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling