Uglevodorodlar, asiklik alkanlar galogen xosila lari, spirtlar, aldegidlar va uglevodlarning tibbiyotda qo'llaniladigan


Download 0.54 Mb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1492604
1   2   3   4
Bog'liq
6-тема Uglevodorodlar, asiklik alkanlar galogen xosila lari, spirtlar, aldegidlar va uglevodlarning tibbiyotda qo\'llaniladigan

GLITSERIN
Glycerinum
Tibbiyot extiyojlari uchun ishlatiladigan glitserin biroz chuchmal mazali, rangsiz, qidsiz va tiniq siropsimon suyuqlik bo’lib, suv va spirt bilan yaxshi aralashadi, efir va moylarda deyarli erimaydi. Uning zichligi 1,225—1,235 gG`sm3 ga teng bo’lib, tarkibida 84—88% glitserin bo’ladi.
Glitserinning Chinligini akrolein xosil qilish reaktsiyasi bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun glitseringa suv tortib oluvchi modda sifatida kaliy bisulfat va suvsiz magniy sulfat qo’shib qizdirilganda, o’tkir qo’lansa xidli, to’yinmagan aldegid-akrolein xosil qiladi.
Reaktsiyani quyidagi tenglama bo’yicha ifodalash mumkin.

Davlat farmakopeyasida, spirtning tozaligiga katta talab qo’yilgan.Uning tarkibida yot moddalardan xlorid sulfat, oqir metall ionlari, shuningdek aldegid, metanol, furfurol, kaytaruvchi, oshlovchi, asos xossali moddalarning bor-yo’qligi tekshirilib ko’riladi. Spirt tarkibiga qo’shilib qolishi mumkin bo’lgan metanolni aniqlash uchun uni, avval fosfat kislota ishtirokida kaliy permanganat yordamida oksidlab formaldegidga o’tkaziladi.

So’ngra eritmadagi ortiqcha kaliy permanganatni suyuklik rangsizlangunga qadar, natriy bisulfit eritmasi ta'sirida parchalanadi.

Keyinchalik, rangsizlantirilgan eritmaga xromotrop kislotasining dinatriyli tuzi qo’shiladi. Bunda suyuqlikning binafsha rangga bo’yalishi preparat tarkibiga metanol qo’shilib qolganligini bildiradi.
Reaktsiya tenglamasi quyidagicha ifodalanadi.

Etil spirtining dori turlaridagi miqdorini DF ko’rsatmasiga binoan, uning zichligi bo’yicha yoki eritmalaridan qaynash xaroratigacha qizdirish yordamida xaydab olish yo’li bilan aniqlanadi. DF da glitserinning miqdorini aniqlash ko’rsatilmagan bo’lsa-da, uni neytrallash usuli bo’yicha aniqlash mumkin. Buning uchun ma'lum miqdordagi preparatga atsetat angidrid qo’shib qaynatilsa, glitserin uchatsetatga o’tadi.

Keyin uni issiq suv bilan suyultiriladi, bunda reaktsiyaga kirishmay qolgan atsetat angidridni atsetat kislotaga o’tkazib, fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallanadi. So’ngra neytrallangan suyuqlikka 0,1 molG`l natriy ishqori qo’shib, bir necha minut qaynatilsa, glitserin uchatsetat, natriy atsetat va glitseringa parchalanadi. Reaktsiyaga kirishmay, ortib qolgan ishqorni xlorid kislotaning 0,1 molG`l eritmasi bilan titrlanadi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling