Uglevodorodlarning tabiiy manbalari: neft, tabiiy neft gazlari va yo’ldosh gazlar, toshko’mir, neftni haydash, neft mahsulotlari uglevodorodlarning asosiy tabiiy manbalari – neft, neftning yo’ldosh gazlari, tabiiy gaz va toshko’mir. Neft


Download 0.66 Mb.
bet12/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#230494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Uglevodlarning Tabiiy Manbalari Tabiiy va Toshko'mir

Gazifikasiyalash – qazilma ko’mirni organik qismini yuqori temperaturada (1000 – 2000oC) oksidlovchilar (O2, havo, suv pari, CO2) bilan o’zaro ta’sirida yonuvchi gazlarga aylantirish.

Bunda ko’mir deyarli to’liq generator va suv gazlariga aylanadi (qattiq qoldiq – kul).

Gazifikasiyalash uchun qo’ng’ir ko’mirdan va toshko’mirni qayta ishlash mahsuloti – koksdan foydalaniladi.

Ko’mirni gazifikasiyalash - gazogeneratorlarda amalga oshiriladi : koks qatlamidan (qalinligi 3 m gacha) pastdan yuqoriga qarab navbati bilan havo – issiq purkash va suv parlari – sovuq purkash o’tkaziladi.

Issiq purkashda ekzotermik jarayon boradi :

2C + O2 2CO ∆H = -220 kDJ

Chiquvchi gazlar – N2 va CO(havodan) ; bunday aralashma generator yoki havo gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati v 300 kDJ/m3, tabiiy gazning issiqligiga qaraganda (38000 kDJ/m3) juda kam, shuning uchun generator gazi faqat metallurgiya ishlab chiqarishida va koksokimyoviy zavodlarda ishlatiladi.

Sovuq purkalganda endotermik jarayon boradi :

C + H2O CO + H2 ; ∆H = 132 KDJ

CO va H2 aralashmasi suv gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati 11500 kJ/ m3



Suv gazi ko’pchilik sanoat sintezlarida, masalan metanol va ammiak olishda foydalaniladi.
Quydagi sxemada toshko’mir pirolizi sxemasi keltirilgan.

REFERAT
Mavzu: Uglevodlarning Tabiiy Manbalari Tabiiy va Toshko'mir





Bajardi: Shamsiddinova Dilfuza



Tekshirdi: __________________


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling