Уйғониш даври фалсафаси


Download 0.71 Mb.
bet12/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

1- masala. Sotsiologiyaning tuzilishi. Har qanday fan tuzilishi doimo uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari va jamiyatda bajaradigan xizmati bilan belgilanadi. Sotsiologiya ham shunday. Uning tuzilishi qo`yidagilar bilan belgilanadi`

- birinchidan, sotsiologiya ijtimoiy haqiqatlik to`g`risida bilimlarni shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini bayon qilish, tushuntirish va tushunishga, sotsiologik kontseptsiyalar, metodologiyalar va metodlar, sotsiologik tadqiqotlar, tahlil qilish usullarini ishlab chiqishga bog`liq ilmiy muammolarni hal qiladi. Ijtimoiy haqiqatlik to`g`risida bilimlarni shakllantirishsohasida ishlab chiqilgan nazariyalar va kontseptsiyalar nazariy fundamental sotsiologiyani tashkil etadi.

- Ikkinchidan, sotsiologiya ijtimoiy haqiqatlikni o`zgartirish, ijtimoiy jarayonlarga rejali, maqsadli ta`sir 6tkazish yo`llarini va vositalarini tahlil qilishga bog`liq muammolarni o`rganadi. Demak, nazariy va Amaliy sotsiologiya tadqiqot ob`ekti va metodi bilan emas, balkiularning oldiga qo`ygan maqsadi bilan, ularning ilmiy yoki Amaliy muammolarni hal qilishiga qarab ajratiladi.

Sotsiologik bilimlar – nazariya va amaliyat jipsligi hisoblanadi.

- Nazariy tadqiqotlar ijtimoiy haqiqatlikni uning harakat qilishi va rivojlanishining umumiy va o`ziga xos tendentsiyalari darajassida tushuntiradi. №onunlarning harakat qilish mexinazmilarini, ularning amalga oshish shakllarini aniqlashga yo`naltiradi.

- Empirik sotsiologik tadqiqotlar u yoki bu hodisalar va jarayonlarga bog`liq konkret batafsil ma`lumotlarga bog`liq bo`lib, umumiy ilmiy metodlar yordamida alib boriladigan nazariy tadqiqotlardan o`zgacha o`laroq, statistik tahlilga, konkret sotsiologik tadqiqotlar (savollar, sotsiologik kuzatishlar, vaqt byudjetini aniqlash va h.) metodlariga suyanadi. Nazariy va empirikalыq bilimlar orasida absolyut chegara yo`q.

Nazariy bilimlar – bu universal, empirik, faktlarni hisobga oluvchi bilimlar hisoblanadы. Har joim ham ilmning rivojlanish qonuni nazariy bilimlarning empirik bilimlardan ustun turishi bo`lib qolaveradi. Nazariy bilimlar oxirgi natijada har qanday ilmning, demakki, sotsiologiyaning ham rivojini belgilab beradi.

Empirik tadqiqotlar fundamental va amaliy bo`lib ajratiladi.

- fundamental sotsiologik tadqiqotlar maqsadi o`rganilayotgan predmet to`g`risida ilmiy tushunchalarni rivojlantirish va yuksaltirishdan iborat.

- Amaliy tadqiqotlar qandaydir konkret sotsiologik muammoni hal qilishga bag`ishlanadi.

Turli xil ijtimoiy tizimlarni nazariy va empirik tomondan o`rganish asosida sotsiologiya muhim amaliy tavsiyalar va asoslangan bashoratlar berishi m6mkin. Konkret sotsiologik tadqiqotlarga asoslanib, nazariy va amaliy sotsiologiya bir-biriga zid kelmaydi, aksincha, yagona birlikni hosil qilib, bir-birini boyitib boradi.

Nazariy sotsiologiya – jamiyatning ijtimoiy rivojlanish aspektlarini ishlab chiqadigan va ularni tushuntirib beradigan turli kontseptsiyalar majmui hisoblanadi.

Sotsiologiyaning ilmiy urganish ob`ekti va predmeti nimas Sotsiologiyaning ob`ekti va predmeti bir-biriga mos keladimis Yo`q, mos kelmaydi.

- Har qanday fan ob`ekti uning tadqiqot jarayoni yo`naltirilgan narsa, predmeti esa – o`rganish ob`ektini tashkil qiluvchi tomonlari, aloqalari va m6nosabatlari hisoblanadi.

- Boshqa ijtimoiy fanlardagi kabi, sotsiologiya ob`ekti – ijtimoiy haqiqatlikdir, shu bois ham sotsiologiya – jamiyat to`g`risidagi fan hisoblanadi.

Sotsiologiya ob`ekti qiyosiy tamomlangan turdagi va yagona birlikni tashkil qiluvchi muayyan haqiqatlik sohasi hisoblanadi.



Sotsiologiyaning qonunlari va kategoriyalari. Ijtimoiy qonun - bu ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning ahamiyati, umumiy va zarur aloqalarining, eng avvalo insonlarning ijtimoiy faoliyati yoki shaxsiyijtimoiy harakatlari aloqalarining ko`rinishi hisoblanadi. Ijtimoiy qonunlar inson faoliyatiningturli sohalaridan, eng avvalo moddiy faoliyatsohasidan tashkil topadi va odamlarning faoliyati orqali amalga oshiriladi. Sotsiologiyaning umumiy va alohida o`ziga xos qonunlari mavjud.

- Sotsiologiyaning umumiy qonunlari – filosofiyaning o`rganish predmeti hisoblanadi.

Sotsiologiyaning alohida o`ziga xos qonunlari uning metodologik asosini tashkil etadiva ayni paytda ushbu sotsiologiya tomonidan o`rganiladi.

Sotsiologiyada ijtimoiy qonunlarning beshta kategoriyasi ajratiladi`

- ijtimoiy hodisalarning bir-biri bilan aloqada qator o`arakat qilishini belgilovchi qonunlar. Bunday qonunlarga muvofiq, agar A hodisasi mavjud bo`lsa, unda B hodisasi ham bo`lishi lozim. Masalan, jamiyatni industriyalash va urbanizatsiyalash qishloq xo`jaligida ishlovchi aholi sonining kamayishiga olib keladi.

- rivojlanish tendentsiyalarini belgilovchi qonunlar. Ular ijtimoiy ob`ekt tuzilishining o`zgarishini, bir xildagi o`zaro munosabatlardan ikkinchisiga o`tishnibelgilab beradi. Ishlab chiqarish kuchlari xarakterining o`zgarishi ishlab chiqarish munosabatlarini o`zgartirishni taqoza etadi.

- ijtimoiy hodisalar orasidagi aloqani belgilovchi qonunlar. Funktsional qonunlar. Ular ijtimoiy ob`ektning asosiy elementleri orasidagi aloqani bildiradi va bu uning harakatlanish xarakterini belgilab beradi.

- ijtimoiy hodisalar orasidagi sabablik aloqalarni belgilovchi qonunlar. Ijtimoiy integratsiyaning eng muhim va zarur sharti jamoatlik va shaxsiy manfaatlarni uyg`unlashtirish hisoblanadi.

- ijtimoiy hodisalar orasidagi aloqaning mumkunligi yoki ehtimolligini belgilovchi qonunlar. Turli davlatlarda nikohdan ajralish soni iqtisodiy tsikllar bilan birga ko`payadi va o`zgarib boradi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling