Ҳужжатларни стабилизация ва реставрация қилиш қоидалари


Saqlashning fizik va kimyoviy rejimi


Download 19.28 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1144445
1   2   3   4
Bog'liq
New Документ Microsoft Word

2. Saqlashning fizik va kimyoviy rejimi.

  • Fondni saqlash - bu qulay fizikaviy-ximiyaviy, biologik himoyalangan sharoitlar va maxsus rejimda jihozlangan binolarda asrash demakdir.

  • Fondini saqlashga ta’sir qiladigan omillar:

  • Saqlashning fizik va kimyoviy rejimi.

  • Fondni saqlash - bu qulay fizikaviy-ximiyaviy, biologik himoyalangan sharoitlar va maxsus rejimda jihozlangan binolarda asrash demakdir.

  • Fondini saqlashga ta’sir qiladigan omillar:

  • Ijtimoiy omillar.

  • Biologik omillar.

  • Fizikaviy-ximiyaviy omillar.

  • Yong‘indan saqlash.

  • Fond gigienasi

  • Ijtimoiy omillar

  • kitobni bukmaslik;

  • kitobga yozmaslik,chizmaslik;

  • turli narsalarni ichiga solib qo‘ymaslik;

  • to‘g‘ri varaqlash;

  • to‘g‘ri joyiga qo‘yish va h/klar.

  • Fondlarda sanitariya-gigiena, hamda iqlim holatini saqlash yo‘li bilan mikroorganizmlarning fonddagi zararli ta’siri yo‘qotiladi. Fond saqlash sharoiti buzilganda, namlik darajasi oshib ketganda hashoratlar ko‘payadi.

  • Kutubxonalarda sichqonsimon kemiruvchilar yoki uy sichqoni uchraydi. Kemiruvchilarga qarshi kurash g‘oyatda qiyin, zararli kemiruvchilar paydo bo‘lmaslgi uchun fondlarda oziq-ovqat qoldiqlarini qoldirmaslik ochiq tirqishlarni berkitish zarur.

Qo‘shimcha chora tadbirlardan turli hil qopqonlardan foydalanish kerak.
Fizikaviy-ximiyaviy omillar

  • Mo‘rtlanishi, noziklanishi,

  • G‘ijimlanishi,

  • Namlik, harorat

  • Yorug‘lik

  • Chang

Kitoblarni asrashda eng axamiyat qaratish lozim bo‘ladigan narsa bu- havo. Havoning ta’sir etish jarayoni uning ximiyaviy va fizikaviy xossalariga bog‘liqdir. Temperatura, nisbiy namlik va havoning tozaligi, unda chang, is, mog‘or va boshqalarning bo‘lmasligi ayniqsa muhim hisoblanadi.
Havoning ortiq namligi va quruqligi, juda baland yoki past teperatura hamda havo namligining keskin o‘zgarib turishi kitoblarni asrash uchun zararlidir
Kitob saqlanadigan xonalar uchun quyidagicha havo harorati normasi tavsiya etiladi: (18±2)°S, nisbiy namlik (55±5) %, pergament va teriga yozilgan hujjatlar uchun havoning nisbiy namligi (60±5) %.
Bu shartlarning bajarilishi, asosan ventilyasiya sistemasining changga qarshi kurashishiga bog‘liqdir. Ventilyasiya foydalanilgan, buzilgan havoni sistematik ravishda binodan chiqarib yuborish va uning o‘rniga yangisini berib turish imkonini beradi.
Saqlash tartibini nazorat qilish va tartibga keltirish “termogigrometr”lar ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Saqlash usullariga asosan havo harorati va namlik darajasi, sanitar-gigienik xolatlar yorug‘lik darajasi me’yori kiradi.
Omborxonalarda standartga muvofiq yorug‘lik darajasi 75 lk dan, ko‘rgazmaga qo‘yilganda 150 lk dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Yoritgich o‘lchash asbobi “lyuksometr” deb ataladi. Yoritish uchun ulьtrabinafsha nurlanishdan himoyalovchi issiqlik yutuvchi filtrli lampalar yoki optik-tolali yoritish tizimlaridan foydalanish kerak. Yoritgichlardan hujjat yuzasidagi masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak
Chang – ko‘proq tajovuzkor omillardan biridir. U omborxonalarga tashqaridan kiradi va turli materiallarni uyilishi hisobiga xonalarda to‘planadi. Chang-bu havoda tortilgan yoki yuzalarda siljigan qattiq zarralardir. Kitoblarni tozalayotganda albatta kitob javonining eng yuqori polkasidan boshlanadi. Kitoblardagi changni tashqi tarafdan tozalang. SHunday qilinsa, tozalash paytida chang kitob ichiga kirmaydi. Kitoblarni betlari va boshqa qismlaridagi changni katta yumshoq cho‘tka bilan tozalash kerak bo‘ladi. Tozalash paytida kitobni qiya qilib ushlash zarur. SHunda chang pastga qarab siljiydi. Kitoblarni tokchadagi o‘rniga qo‘yishdan avval tokchani yahshilab changyutkich bilan tozalang va nam latta bilan artish kerak. Tokchani quriganiga ishonch xosil qilgandan so‘ng kitoblarni joyiga qo‘yish mumkin.

Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling