Ular orasida
Download 300.45 Kb.
|
ayollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allergik reaktsiyalar
Qin disbakteriozi — qinda achish va qichishga olib keladigan eng keng tarqalgan sabablardan biri. Mahalliy immunitetning pasayishi, turtki bo’ladigan omillar ta’siri ostida qinda disbalans paydo bo’ladi va kandida zamburug’lari, ichak tayoqchasi va gardnerella kabi mikroorganizmlar faol ravishda ko’payishni boshlaydi. Disbakteriozda nafaqat qichish va achish bezovta qiladi, balki qindan ko’p miqdorda ajralmalar ajralishi, yoqimsiz hid ham qayd qilinadi.
Alomatlarni bartaraf etish uchun mikroorganizmlarning disbalansiga nima sabab bo’lganini aniqlash, ushbu omilni bartaraf etish va bu vaziyat kelajakda o’zini qayta namoyon qilmasligi uchun ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatda shifokor davolash uchun mikroblarga va zamburug’larga qarshi preparatlar bilan bir qatorda, qin normroflorasini qayta tiklaydigan vositalarni ham tayinlaydi. Ayollar osti qichishi va achishi sabablari orasida ikkinchi o’rinda JYYI — jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar turadi. Ularga xlamidioz, gonoreya, trixomoniaz, gerpes, papillomavirus infektsiyasi kiradi. Bu infektsiyalar vulvaning qichishi, achishi, yallig’lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Samarali davolash kasallikning sababchisi va shaxsiy ko’rsatmalar hisobga olingan holda belgilanishi kerak. Bunday hollarda ko’pincha antibiotiklar bilan davolash talab etiladi. Allergik reaktsiyalar ham jinsiy lablar sohasida qichish va achishishning sababchisi bo’lishi mumkin. Reaktsiyani turli allergenler bilan aloqa qilish keltirib chiqarishi mumkin. Ko’pinсha, jinsiy a’zo allergiyasi sababi gigiena vositalari, intim gellar va yog’lar, sintetik ich kiyim, ich kiyimda qolgan kir yuvish kukunining qoldiqlari va hatto jinsiy sherikning spermasi bo’ladi. Agar shifokor alomatlarning allergik tabiatini tasdiqlagan bo’lsa, antigistaminlar va sedativ preparatlar buyuriladi. Jinsiy lablar qichishi va achishi tor, qisadigan ichki kiyim, stringlar kiyish, doimiy ravishda kundalik prokladkalar ishlatish tufayli chaqirilgan bo’lishi mumkin, chunki buning naijasida patogen organizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratiladi. Shu sabablar qichish va diskomfortning kuchayishiga olib kelishi ham mumkin, garchi bu alomatlar boshida boshqa omillar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa ham. Download 300.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling