Ularni boshqarish usullari
Download 40.45 Kb.
|
3-МАВЗУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 1.O‘simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari.
3-MA’RUZA: TUPROQNING SUV VA HAVO REJIMLARI VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI Reja: 1. O‘simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari. 2. Tuproqdagi suvning shakllari. 3. Tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari. 4.O‘simliklar hayotida atmosfera hamda tuproq havosining ahamiyati va uning kimyoviy tarkibi. 5.Tuproq havo rejimini uni donadorligiga , namligiga, unga ishlov berilishiga va suv rejimiga bog‘liqligi. Havo rejimini boshqarish usullari Adabiyotlar:1,2,3. Tayanch iboralar: o‘simliklardagi bioqimyoviy jarayonlar, urug‘ni bo‘rtishi, transpiratsiya, quruq modda, transpiratsiya koeffitsiyenti, kserofit, mezofit, gigrofit, gidrofit, sizot suvlari, absolyut quruq tuproq, fizikaviy va kimyoviy birikkan suv, kolloid va mineral, gigroskopik suv, gravitatsion suv, dala nam sig‘imi, tuproqni suv o‘tkazuvchanligi, tuproqning suv xossalari, suv rejimi, tuproq havosi, atmosfera havosi, havo o‘tkazuvchanligi, havo sig‘imi,. 1.O‘simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari. Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo‘lgan suv o‘simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o‘simlikda bo‘ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O‘simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o‘sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o‘tadi. Urug‘ bo‘rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o‘simliklarga suv kerak bo‘ladi. 1-jadval Urug‘larning unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan suv miqdori (urug‘ massasiga nisbatan % hisobida)
O‘simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo‘ladi. O‘suv davrida o‘simliklar bu suvning asosiy qismini bug‘lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o‘simliklar o‘zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o‘z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi. Suv, o‘simliklarni o‘suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to‘plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, kuzgi bug‘doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo‘xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g‘o‘za gullash va meva tugish davrida suvni ko‘p talab qiladi. Ko‘p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo‘ladi. O‘simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o‘zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug‘latib turishi esa transpiratsiya, quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdori transpiratsiya koeffitsiyenti deyiladi. (2-jadval) 2-jadval O‘simliklar turiga qarab transpiratsiya koeffitsiyenti (prof. A.A.Cherkasov malumotlari)
G‘o‘za o‘suv davrida juda ko‘p suv sarflaydi. Chunonchi, chinbarg chiqargan davrida bir gektar yerdagi g‘o‘za sutkasiga 10-12 m3 , shonalash davrida 30-50 m3 , gullash va meva tugish davrida eng ko‘p 80-120 m3 , ko‘saklar ochilishi davrida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. Bir gektar paxta maydonidan o‘suv davrida 5000-8000 m3 suv sarflanadi. O‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga qarab kserofit, mezofit, gigrofit va gidrofit guruhlarga bo‘linadi. Download 40.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling