Ularni boshqarish usullari


Download 40.45 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi40.45 Kb.
#1487326
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-МАВЗУ

Kserofitlarga yantoq, shuvoq, juzg‘un, oq va qora saksavul kabi quruq dasht va cho‘llarda o‘sadigan qirg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar; mezofitlarga g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, qovun, tarvuz kabi namsevar ekinlar; gigrofitlarga sholi, qamish, qiyeq kabi tuprog‘i doim sernam bo‘lib turadigan yerlarda o‘sadigan o‘simliklar; gidrofitlarga suv o‘tlari va gulli suv o‘simliklari kabi suvda o‘sadigan o‘simliklar kiradi.
Agar tuproqda nam uzoq vaqtgacha yetarli bo‘lmasa, o‘simliklar hayot faoliyati izdan chiqadi va so‘liydi, natijada ularda gidroliz jarayoni kuchayib, sintezlash esa to‘xtaydi.
Tuproqda namning keskin kamayishi mikroorganizmlarning faoliyatiga ham salbiy tasir etadi. Malumki, quruq tuproqda biologik jarayonlar so‘nib, organik moddalarning parchalanishi tuxtaydi. Tuproq nami uning to‘la nam sig‘imiga nisbatan 60 % bo‘lganda, mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoit vujudga keladi.
2.Tuproqdagi suvning shakllari.
Tuproq namligining asosiy manbai atmosfera yog‘in-sochinlari, sug‘orish va sizot suvlaridir.
Atmosfera yog‘in-sochinlari, qatlamdagi suvning millimetrlab o‘lchanadigan qalinligiga qarab aniqlanadi.
Atmosfera yog‘in sochinlari O‘rta Osiyo respublikalarida bir xil emas, bu asosan tog‘ tizmalarining joylashish tizimiga bog‘liq. Shamolga turlicha bardosh beruvchi tog‘ yon bag‘irlari ham namni turlicha qabul qiladi. Nam shamollar – bu g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy tomonga qaragan yon bag‘irlar, boshqa tomondagilarga qaraganda yog‘in suvi bilan ko‘proq taminlanadi.
O‘rta Osiyo sharoitida yog‘inning ko‘pi (50% bahorda, undan kamrog‘i 30-35% gacha) qishda, undan ham kami kuzda tushadi.
Yozda yog‘ingarchilik deyarli bo‘lmaydi. Kech kuz, qish va erta bahorda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda yog‘in-sochin hisobiga tuproqda nam tuplash mumkin, bunday yerlarda urug‘ni tuproqning tabiiy namiga undirib olsa bo‘ladi. Oktyabrdan to aprelgacha 150-200 mm atrofida yog‘in tushadigan rayonlarda yerni qo‘shimcha sug‘orilmaslik ham mumkin.
O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan mintaqalarida asosiy suv manbai daryolar hisoblanadi. O‘zbekistonning Sirdaryo, Amudaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchik, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxandaryo va boshqa daryolar suvi taminlaydi. Bu daryolar suvning paydo bo‘lishiga qarab (V.I.Shuls fikricha) to‘rt tipga: muzlikli, qor muzlikli, qorli, qor-yomg‘irli tipga bo‘linadi.
Baland tog‘lardan oqib tushadigan O‘rta Osiyo daryolari yuqoridan oqib tushib butun vodiyni suv bilan taminlaydi. Ekinlar daryo suvlari bilan sug‘orilganda tuproq unumdorligini oshiradigan juda ko‘p loyqa chukindilar oqib keladi.
Sizot suvlari ham tuproqda nam zaxirasini to‘ldiruvchi manbalardan hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlarning 12 % sizot suvlari bilan sug‘oriladi.
O‘zbekistonda sizot suvlari bilan 400 ming gektarga yaqin yerni sug‘orish imkoniyati bor (R.Alimov).
Professor L.P.Rozov tabiatdagi har qanday tuproqda malum miqdorda suv bo‘ladi deb yezgan edi. Agar nam tuproq 100-1100 gacha qizdirilsa, bir necha vaqtdan keyin suv bug‘lanib ketadi, 100-1100 da quritilgan bunday tuproq shartli ravishda absolyut quruq tuproq deb ataladi, shuningdek, agar qizdirish davom ettirilsa, u yana og‘irligini yo‘qota boradi, yani suv ajralib chiqadi va oxirgi qism suv tuproq chug‘ holatiga kelganda, yani 5000 gacha qizdirilganda ajralib chiqadi.
Bundan malumki, tuproqda suvning ikki shakli (holati) bor, «fizikaviy birikkan» suv, u 1000 da bug‘lanadi va ikkinchisi «kimyoviy birikkan» suv, u 1000 da bug‘lanmaydi. Bu suv, asosan, kristallizatsion va gidratatsion suvdan iborat.
Shunday qilib, tuproqda fizikaviy va kimyoviy holatda birikkan suv bo‘ladi.

Download 40.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling