Ulgurji farmatsevtik faoliyat xaqida tushuncha


Download 293.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.11.2021
Hajmi293.71 Kb.
#176503
  1   2   3   4
Bog'liq
5-лекция



ULGURJI FARMATSEVTIK FAOLIYAT XAQIDA TUSHUNCHA.  

REJA: 

5.1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari,  

vazifalari va funksiyalari 

5.2. Ulgurji savdo shakllari. 

5.3. Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi.  

5.4. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar. 

 

    Tovarlarni  ishlab  chiqaruvchidan  iste'molchiga  yetkazib  berishda  tadbirkorlik 



faoliyati  maksadida  tovarlar  yoki  xizmatlarni  sotish  va  olib  sotish  maksadida 

ulgurji vositachi (tashkilotlar va aloxida shaxslar)ning o‘rni katta.  

    Ulgurji  vositachilarni  asosiy  vazifasi  -  ishlab  chiqaruvchilar  va  chakana 

sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, muntazam aloqalarni 

va markazlashtirishni ta'minlashdir.  

    Farmasevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi (dorixona 

ombori) aloqalari orqali iste'molchilarga yetkazish hisoblanadi. 

    Ulgurji  savdo  –  moddiy  rusurslardan  o‘z  o‘rnida  foydalanish  uchun  muhim 

mexanizm bo‘lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida  farmasevtika 

maxsulotlarini ortiqcha zahiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf 

etishga  yordam  beradi  va  farmasevtika  sanoati  bozorini  shakllantirishda  ishtirok 

etadi. 


Ulgurji vositachilar funksiyalari 

Farmasevtika bozorida ulgurji vositachilar kuyidagi funksiyalarni bajaradi: 

Marketing  –  bozorni  kompleks  taxlili,  tovar  siyosati  va  narx  siyosati  va 



boshkalarni amalga oshirish; 

Axborotli  –  kerakli  axborot  bilan  ta'minotchilarni  va  chakana  tashkilotlarni 



ta'minlash; 

Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish; 



Tovarni tashish; 




O‘z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste'molchilarga kreditga berish; 

Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash; 



Tovarga  egalik  huquqini  olgan  holda  ulgurji  vositachilar,  tovarlarning 

buzilishi, o‘g‘irlanishi, unga ko‘yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan 

ma'lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar. 

    Ulgurji  sotuvchilar  ma'lum  geografik  ko‘lam  aholisining  talablarini  qondirish 

uchun kerakli dori vositalar assortimentini mavjudligi bilan, hamda so‘ralgan joyga 

qisqa  muddatda talab qilingan dori  vositalar  miqdorini  yetqazishga  kafolat berishi 

kerak. Ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlari ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy 

buyumlarni  ulgurji  realizasiya  qilish  huquqiga  ega,  dori  vositalarini  va  tibbiy 

buyumlarni  ulgurji  realizasiya  qilish  uchun  lisenziyaga  ega  bo‘lgan  ishlab 

chiqaruvchilar bundan mustasno. 

    Dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji    realizasiya  qiluvchi  tashkilotlar 

dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan hamda dori vositalarini 

va  tibbiy  buyumlarni      ulgurji  realizasiya  qiluvchi  boshqa  tashkilotlardan, 

shuningdek  dori 

vositalarini 

va  tibbiy  buyumlarni  chet  ellik 

ishlab 


chiqaruvchilardan  va  ulgurji  realizasiya  qiluvchi  tashkilotlardan  xarid  qilish 

huquqiga  ega.  Chetdan  olib  kelinadigan,  shuningdek,  mamlakatimiz  ishlab 

chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini 

ulgurji  sotish,  ularni  yetkazib  berishda  ishtirok  etuvchi  vositachilar  sonidan  qat'i 

nazar,  ulgurji  savdo  uchun  sotib  olingan  qiymatidan  15  foizdan  ortiq  bo‘lmagan 

miqdorlarda  belgilanadigan  cheklangan  savdo  ustamalari  qo‘llanilgan  holda 

amalga oshiriladi. 

    Ulgurji  realizasiya  qiluvchi  tashkilotlar  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni 

farmasevtika  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  lisenziyaga  ega  bo‘lgan 

tashkilotlarga,  tibbiyot  tashkilotlariga,  shuningdek  dori  vositalaridan  va  tibbiy 

buyumlardan  tibbiyotda  qo‘llash  maqsadida  o‘z  ehtiyojlari  uchun  foydalanuvchi 

tashkilotlarga realizasiya qilish huquqiga ega. 

    O‘zbekiston  Respublikasida  belgilangan  tartibda  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  dori 

vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  realizasiya  qilishga  ruxsat  etiladi.  Ishlab 

chiqaruvchilar  va  ulgurji  realizasiya  qiluvchilar  hamda  tashkilotlarning  qaror 

talablariga  rioya  etishlari  yuzasidan  nazorat  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni 

saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

Dorixona  tovarlarning  tarqatish  tizimida  ulgurji  vositachilarning  asosiy  vakili 

ulgurji savdo tashkilotlari hisoblanadi. 




Download 293.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling