Ulgurji farmatsevtik faoliyat xaqida tushuncha
Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar
Download 293.71 Kb. Pdf ko'rish
|
5-лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar
Zamonaviy farmasevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni saqlash, tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni ta'minlaydigan ixtisoslashgan ko‘p kavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona zamonaviy jixozlangan ichki strukturaga ega bo‘lishi kerak, unda turli xil texnika vositalaridan (jixozlar) foydalanadigan ko‘plab maydonlar mavjud bo‘lib, omborlar bo‘limmalarida bajariladigan ishlarni tartibga solish uchun optimal sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning ishlab chikarish binolariga (kabul kilish, saralash, saklash, yig‘ish, joylash va jo‘natish uchun mo‘ljallangan omborning bir kismi) kirishi taqiqlanadi.
Yuklash /tushirish maydoni bitta yoki ikkita aloxida xududda bo‘lishi mumkin – yuklash va tushirish. Qabul qilish- omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni qabul qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch kishidan iborat qabul hayati tashkil etiladi. Qabul hayati raisi qabul bo‘limi boshlig‘i, qichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi. Qabul qilish hayati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar xam kirishi mumkin. Ba'zi xollarda hayat tarkibiga mutaxasis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul qilishda, yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta'sirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish ta'minlanishi kerak. Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat: - qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari; - qadoqning butunligini tekshirish; - tovarni tushirish; - qabul qilish joyiga olib kelish; - tovarni ochish; tovarni son jixatdan qabul qilish; - tovarni sifat jixatdan qabul qilish; - saqlash joyini aniqlash. - Tovarlarni son jixatdan qabul qilish- bu xujjat asosida aniq sonining muvofiqligini solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi: - Tovarlarni ochish uchun joy tayyorlash; - Qadoqlarni ochish; - Son jixati an xisoblash (tortish); - Son jixatdan xujjat bilan solishtirish. Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat jixatdan qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning asosiy hamda aloxida turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx navo va boshqalarni yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaxarli yoki giyoxvandlik vositalari kelishi bilan darxol zaxarli va giyoxvand dori vositalari saqlash bo‘limiga topshiriladi. Ularni son jixatidan va kuzatuv xujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi. Tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish – Sifat bo‘yicha qabul qilishda quyidagilarga e'tibor qilinadi: - tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish; - Tovarlarni ochish; - Shartnoma bitima asosida tovarni muvofiqligini solishtirish. Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog‘ida ezilgan, singan xolatlar aniqlansa va kuzatuv xujjat me'yorlariga javob bermasa u tovarni identifikasiya qilinmaguncha aloxida ajratilgan (karantin) xonaga joylashtirib quyiladi. Aniqlangandan so‘ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta'sirini tasdiqlovchi omillar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘q qilib tashlanishi kerak. Bunda ular identifikasiya yoki belgilangan tartibda yo‘q qilingunga qadar boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus ajratilgan joyda dalolatnoma asosida saqlanishi kerak. Tovarni joylashtirish va saqlash- Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob- uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizasiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarning buzilishi (to‘kilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminasiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak.
1. Ulgurji farmasevtik tashkilotlar, turlari va vazifalari. 2. Ulgurji tashkilotlar tasnifi. 3. “O’zmedimpeks” DUK vazifalari 4. Dori vositalarni saqlash xonalariga qo‘yilgan talablar. Download 293.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling