Ulgurji farmatsevtik faoliyat xaqida tushuncha
Farmasevtika omborxonasining tuzilishi
Download 293.71 Kb. Pdf ko'rish
|
5-лекция
Farmasevtika omborxonasining tuzilishi
Zamonaviy farmasevtika ombori - muayyan tuzilishga ega bo‘lgan murakkab texnik tuzilmadir. Omborxona xonalari bajaradigan funksiyasiga karab dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni joylashtirish va berish xonalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, xamda ularning xavfsizligi ta'minlanishi kerak. Omborni to‘g‘ri tashkil etilishi tashkilotning raqobatbardoshliligiga, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga, xarajatlarni ortmasligiga, ish samaradorlikning sezilarli ortishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Farmasevtika omborxonalari binosining kirish qismida tashkilotning nomi, tashkiliy-xuquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi xaqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchvi peshlavxa bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizasiya qiluvchi tashkilotilarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, me'yorlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari xamda dori vositalarining va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning to‘g‘ri saqlanishini ta'minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Omborxona alohida qurilgan yoki noturar joyga aylantirilgan turar joy binolarining xonalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona boshqa xonalardan ajratilgan, alohida kirish yo‘li va tovarlarni kabul kilish uchun aloxida maydoniga ega bo‘lishi kerak. Agar omborxona turar joy binolarining noturar joyga aylantirilgan xonalarida joylashgan hollarda, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yuklash va tushirish turar joy binosi derazalari tagida amalga oshirilmasligi kerak. Omborxonada elektr ta'minoti, issiqlik va suv ta'minoti, kanalizasiya tizimi hamda havo almashtirish uskunasi bo‘lishi kerak. Dorixona omborlarida boshqa soxa omborlaridan farqli ravishda, asosan oliy farmasevtik va faqat yo‘nalishdagi o‘rta mahsus ma'lumotli malakali xodimlar ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlari soni ular bajaradigan ish hajmiga (savdo hajmi) asosan belgilanadi.
Xududiy kurilma va farmasevtika ombori binosi Dorixona omborxonasi odatda aloxida ob'ektlardan iborat: - kapital kurilmalar (omborxona binosi, ofis binosi); -yordamchi inshoatlar (elektr postansiyasi, kozonxona va boshkalar); -kommunikasiya tizimlari (elektr, gaz va suv ta'minoti,kanalizasiya); -yo‘llar va omborda avtotransport to‘xtaj va turar joylari. - Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak: -dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar; termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy sovutgichlar; -havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar); -alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar; -echinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash uchun shkaf; -sanitariya holatini ta'minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik jihozlari.
Download 293.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling