Uloqtirish sektorlarini o’quv mashg’ulotlariga va musoboqalariga tayyorlash. Reja
Download 0.59 Mb.
|
Uloqtirish sektorlarini o’quv mashg’ulotlariga va musoboqalariga tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqon uloqtirish
- O‘rta, uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yugurish
Yadro uloqtirish
Qadimgi Olimpiada o‘yinlari dasturining besh kurash tarkibida bo‘lgan disk uloqtirish sport turi ham qadimiy turlardan hisoblanadi. XIX asrda arxeologik qazilmalar vaqtida og‘irligi 1,25 dan 5,70 gacha bo‘lgan tosh,yog‘och, temir, mis va bronzadan yasalgan diametri 16,5 sm dan 34 sm gacha bo‘lgan disklar topilgan. Disk uloqtirish 1896 yilda Olimpada o‘yinlari dasturiga kiritilgan va bu musobaqada AQSH lik R.Garret diskni 29,15 m ga uloqtirib g‘alaba qozongan edi. Diskni birinchi bor burilib otish usulini 1897 yili SHvetsiyalik Sederstrem ko‘rsatib bergan va u diskni 38,70 m masofaga uloqtirgan. 1908 yili diskni ikki usulda yunoncha va yangi erkin uloqtirish usullaridan birinchi musobaqalar o‘tkazlgan. Disk uloqtirish texnikasini keyingi rivoji uchun kata xissa qo‘shgan 1908 yili disk uloqtirishning yunoncha usuli musobaqalar dasturidan olib tashlangan va uning o‘rniga diskni ikki (o‘ng va chap) qo‘lda uloqtirish usullari kiritilgan. Disk uloqtirish joyining aylana diametri 1912 yilda IAAF tomonidan xalqaro miqyosda 2,50 m qilib tasdiqlangan. 1920 yildan boshlab faqat bir qo‘llab disk uloqtirish musobaqalari o‘tkazila boshlagan. Ayollarning Olimpiada o‘yinlari dasturida disk uloqtirish musobaqalari 1928 yilda kiritilgan. Disklarning og‘irligi va diametri jinsga qarab belgilab qo‘yilgan. Erkaklar uchun disk og‘irligi 2 kg tashqiy temir qosqonning diametri 180-182 mm, ayollar uchun disk og‘irligi 1 kg tashqiy temir qosqonning diametri 144-146 mm ni tashkil etadi. “ Bosqon uloqtirish”. Bosqon maxsus setkali doira ichida aylanishlar bilan uloqtiriladi. Bosqonlar umumiy vazni bo‘yicha yoshga qarab turlicha bo‘ladi, erkaklar uchun 7kg 257 gr, katta o‘smirlar uchun 6 kg, kichik o‘smirlar uchun 5 kg barchasining uzunligi 118-122 sm. O‘rta, uzoq va o‘ta uzoq masofalarga yugurish”. Bu masofalarga g‘ovlar osha yugurish va 800 m. dan 42,195 m. li marafon yugurish musobaqalari kiradi. Bu masofalarga yugurishda yuqori start holatidan boshlanadi. “Nayza uloqtirish”. Nayza uloqtirish yugurib borayotib nayza ko‘tarilgan qo‘lni orqaga cho‘zish va nayzani uloqtirishdan iborat. Nayzaning umumiy og‘irlik markazi maxsus ip bilan o‘ralgan bo‘ladi bu o‘ram 14-16 sm. gacha bo‘ladi, nayzani shu ip o‘ralgan joyidan ushlab uloqtiriladi.Nayzalar 16-17 yoshlilar va erkaklar uchun 805-825 gr uzunligi 2600-2700mm, qolgan barcha guruxlar uchun 605-625 gr uzunligi 2200-2300 mm. o‘lchamda bo‘ladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling