QUMGA ARALASHGAN TUPROQ VA CHANG MIQDORINI ANIQLASH
Umumiy malumotlar: Tuproq va chang qum donalarining sirtini qoplab tsementning birikishiga to’sqinlik
qiladi, bu esa beton yoki qorishma mustahkamligini kamaytiradi. O’zRST shartlariga ko’ra, tuproq va chang qum
tarkibida 3% dan oshmasligi kerak.
İshning maqsadi: Qumga aralashgan tuproq va chang miqdorini aniqlashdan iborat.
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: qum namuna, ko’zining diametri 5 mm li elak, tarozi, sopol yoki
sirlangan idish, sifon, loyqa suvni to’kish uchun idish, sekundomer, quritish shkafi.
Tajriba tartibi. Diametri 5 mm li elakdan o’tkazib, quritish shkafida 100-110
0
C da turg’un og’irlikgacha
quritilgan qumdan 1000 g tortib olinib, balandligi 320 mm, diametri 120 mm li sopol yoki sirlangan idishga solinadi
va uning ustidan suv quyiladi. İdishdagi qum suv bilan tez aralashtiriladi va 2 minut tindirilgandan keyin loyqa suv
juda ehtiyotlik bilan to’kiladi. Shu tartibda bu ish idishdagi suv loyqalanishdan to’xtaguncha davom ettiriladi.
Yuvilgan qumning tozaligiga qanoat hosil qilingandan keyin, uni tagi yassi idishga solinadi va quritish shkafida
yana turg’un og’irlikgacha quritilib, tarozida tortiladi.
Kumning yuvilgungacha bo’lgan quruq holatdagi og’irligi bilan yuvilgandan so’ng turg’un og’irlikgacha
quritilgan holatdagi og’irligi (m
1
) o’rtasidagi farq qum tarkibidagi tuproq va chang miqdorini bildiradi.Hisoblash
uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: x =((m- m
1
)/m) 100%
QUMNING MAYDA-YIRIKLIGINI ANIQLASH
Umumiy malumotlar: Sifatli beton va qorishma tayyorlashda to’ldirgichlarning mayda-yirikligi katta
ahamiyatga ega. Agar qum juda mayda bo’lsa, uning bo’shlig’i ko’p bo’ladi, demak tsement ko’p sarflanadi, beton
zichligi esa kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |