Қумнинг бўшлиқлигини ҳисоблаш umumiy malumotlar
Download 66.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Кум хоссалари (ёзишга)
- Bu sahifa navigatsiya:
- İshning maqsadi: Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar
- Tajriba tartibi
YIRIK TO’LDIRGICHLAR (SHAG’AL YOKI CHAQILGAN TOSH) NING MUSTAHKAMLIGINI ANIQLASH Umumiy malumotlar: Yirik to’ldirgichni cilindrga solib, siqilishga sinaladi va maydalanish darajasiga qarab to’ldirgichning mustahkamligi aniqlanadi. İshning maqsadi: Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: shag’al (yoki chaqilgan tosh) dan namuna, tarozi, po’lat cilindr va plunjer, ko’zining diametri 5, 10, 20, 40 va 70 mm li standart g’alvirlar to’plami, quritish shkafi, idish. Tajriba tartibi: Agar sinaladigan to’ldirgichning o’rtacha yirikligi 20-40 mm li bo’lsa, ichki diametri 150 mm li, undan kichik bo’lsa, ichki diametri 75 mm li cilindr ishlatiladi. Sinash uchun tortilgan namuna 5 sm balandlikdan kurakcha yordamida ichki diametri 75 mm li cilindrga solinadi va uning ustiga plunjer o’rnatiladi. Keyin gidravlik pressning quyi plitasiga namuna solingan cilindr plunjeri bilan birga qo’yiladi va u 5 t gacha kuch bilan siqiladi. Agar sinash ishlari ichki diametri 150 mm li cilindrda bajarilsa, gidravlik pressdagi kuch 20 t gacha (sekundiga 100-200 kg tezlikda) ko’tariladi. Sinalayotgan to’ldirgichning yirikligiga ko’ra cilindrda maydalangan to’ldirgich ko’zining diametri 1,25 mm (yirikligi 5-10 mm); 2,5 mm (10-20 mm) yoki 5,0 mm li (20-40 mm) g’alvirdan o’tkaziladi va har qaysi g’alvirda qolgan qoldiq tortilib, toshning maydalanish darajasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: M=(m-m 1 )/m)∙100% bu erda: M-maydalanish darajasi, %; m-sinash uchun olingan malum yiriklikdagi to’ldirgich og’irligi, g; m 1 -ko’zining diametri 1,25; 2,5 yoki 5,0 mm li g’alvirda maydalangan namunadan qolgan qoldiq og’irligi, g Yuqoridagi usul bilan sinash ishlari ikki marta takrorlanadi va olingan natijalarning o’rtacha arifmetik qiymati, to’ldirgichning maydalanish darajasi (M) ni ifodalaydi. Download 66.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling