Қумнинг бўшлиқлигини ҳисоблаш umumiy malumotlar


QUMGA ARALASHGAN TUPROQ VA CHANG MIQDORINI ANIQLASH


Download 66.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi66.19 Kb.
#1577124
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кум хоссалари (ёзишга)

QUMGA ARALASHGAN TUPROQ VA CHANG MIQDORINI ANIQLASH 
Umumiy malumotlar: Tuproq va chang qum donalarining sirtini qoplab tsementning birikishiga to’sqinlik 
qiladi, bu esa beton yoki qorishma mustahkamligini kamaytiradi. O’zRST shartlariga ko’ra, tuproq va chang qum 
tarkibida 3% dan oshmasligi kerak. 
İshning maqsadi: Qumga aralashgan tuproq va chang miqdorini aniqlashdan iborat. 
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: qum namuna, ko’zining diametri 5 mm li elak, tarozi, sopol yoki 
sirlangan idish, sifon, loyqa suvni to’kish uchun idish, sekundomer, quritish shkafi. 
Tajriba tartibi. Diametri 5 mm li elakdan o’tkazib, quritish shkafida 100-110
0
C da turg’un og’irlikgacha 
quritilgan qumdan 1000 g tortib olinib, balandligi 320 mm, diametri 120 mm li sopol yoki sirlangan idishga solinadi 
va uning ustidan suv quyiladi. İdishdagi qum suv bilan tez aralashtiriladi va 2 minut tindirilgandan keyin loyqa suv 
juda ehtiyotlik bilan to’kiladi. Shu tartibda bu ish idishdagi suv loyqalanishdan to’xtaguncha davom ettiriladi.
Yuvilgan qumning tozaligiga qanoat hosil qilingandan keyin, uni tagi yassi idishga solinadi va quritish shkafida 
yana turg’un og’irlikgacha quritilib, tarozida tortiladi. 
Kumning yuvilgungacha bo’lgan quruq holatdagi og’irligi bilan yuvilgandan so’ng turg’un og’irlikgacha 
quritilgan holatdagi og’irligi (m
1
) o’rtasidagi farq qum tarkibidagi tuproq va chang miqdorini bildiradi.Hisoblash 
uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: x =((m- m
1
)/m) 100% 
 
QUMNING MAYDA-YIRIKLIGINI ANIQLASH 
Umumiy malumotlar: Sifatli beton va qorishma tayyorlashda to’ldirgichlarning mayda-yirikligi katta 
ahamiyatga ega. Agar qum juda mayda bo’lsa, uning bo’shlig’i ko’p bo’ladi, demak tsement ko’p sarflanadi, beton 
zichligi esa kamayadi. 

Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling