Қумнинг бўшлиқлигини ҳисоблаш umumiy malumotlar
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar
Download 66.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Кум хоссалари (ёзишга)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAPALOQ VA IGNASIMON TOSHLAR MIQDORINI ANIQLASH Umumiy malumotlar
- İshning maqsadi
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: to’kilgan yirik to’ldirgichdan namuna, yuvish uchun idish, quritish
shkafi, tarozi, yog’och tayoqcha. Tajriba tartibi: Shag’al yoki chaqilgan tosh tarkibidagi tuproq, loy va chang mikdori yuvish usuli bilan aniqlanadi. Yirikligi 40 mm gacha bo’lgan to’ldirgichdan 5 kg, yirikligi 40 mm dan katta bo’lgan to’ldirgichdan esa 10 kg olib, ular quritish shkafida obdon turg’un og’irlikgacha quritiladi, keyin ularni ikkita idishga solib ustidan suv quyiladi (suv sathi idishdagi shag’alni 20 sm ga ko’mib turishi kerak). So’ngra yog’och tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi va 2 minut tinitib, sifon yordamida loyqa suv boshqa idishga quyiladi. Shu tartibda ikkita idishdagi shag’al yoki chaqilgan toshni yuvish suv tiniq bo’lgunga qadar qaytarilaveradi. Yuvib tozalangan shag’al quritish shkafida turg’un og’irlikgacha quritiladi va yana tortiladi. To’ldirgichdagi tuproq, loy va chang miqdori x =((m- m 1 )/m) 100% formuladan topiladi, olingan natijalar esa jadvalga yozib boriladi. YAPALOQ VA IGNASIMON TOSHLAR MIQDORINI ANIQLASH Umumiy malumotlar: To’ldirgichda yapaloq va ignasimon toshlarning bo’lishi beton mustahkamligini kamaytiradi, chunki bunday tosh donalari beton qorishmada yirik to’ldirgichning bir meyorda zich joylashishiga imkon bermaydi. İshning maqsadi: Yirik to’ldirgich tarkibidagi yapaloq va ignasimon toshlar miqdorini aniqlashdan iborat. Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: to’kilgan yirik to’ldirgichdan namuna, tortish uchun idish, tarozi. Tajriba tartibi: Yapaloq va ignasimon tosh donalari to’ldirgich tarkibida 15% dan oshmasligi kerak. Yapaloq va ignasimon toshning uzunligi, qalinligi yoki eni oddiy toshnikiga nisbatan uch marta ortiq. Bunday tosh donalari miqdorini aniqlash uchun keltirilgan namunalar mayda-yirikligiga qarab turli miqdorda olinadi. Masalan, yirikligi 5-10 mm li toshdan 0,25 kg; 10-20 mm li dan 1,0 kg; 20-40 mm li dan 5,0 kg va nihoyat 40- 70 mm li dan 15 kg tortib, tekis joyga to’kiladi. Keyin to’ldirgichdan yapaloq va ignasimon tosh donalari ajratilib, tarozida tortiladi. To’ldirgichning qolgan qismi ham tortiladi. To’ldirgichdagi yapaloq va ignasimon (Yaİ) tosh donalari miqdori quyidagi formula yordamida 1% gacha aniqlikda hisoblanadi: Yaİ=m 1 /(m 1 +m 2 )∙100% bu erda m 1 -yapaloq va ignasimon tosh donalarining og’irligi, g; m 2 -qolgan tosh donalarining og’irligi, g. Download 66.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling