TO’KILGAN QUMNING O’RTACHA ZICHLIGINI ANIQLASH
Umumiy malumotlar: To’kilgan qumning o’rtacha zichligi amalda tabiiy nam va quruq holatda aniqlanadi.
O’rtacha zichligi katta bo’lgan qum chidamli va mustahkam bo’ladi.
İshning maqsadi: To’kilgan qumning o’rtacha zichligini tabiiy nam va quruq holatda aniqlashdan iborat.
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: tabiiy nam qumdan namuna, tarozi, 10 va 2 litrli idish, quritish shkafi,
standart elaklar komlekti, kurakcha, voronka, metall chizg’ich.
Tajriba tartibi. Tabiiy nam qumni kurakcha bilan 10 litrli quruq idishga solinib, idish qirrasi bo’ylab
ortiqchasi metall chizg’ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin texnik tarozida qum idishi bilan 1 grammgacha aniqlikda
tortiladi. Bu ish uch marta takrorlanadi va harbiri uchun qumning o’rtacha zichligi quyidagi formula bilan
aniqlanadi: γ
h
T
= (m – m
1
) / V
bu erda: m - qumning idish bilan birgalikdagi og’irligi, g;
m
1
- idishning og’irligi, g; V - idishning hajmi, sm
3
.
Quruq holatdagi to’kilgan qumning o’rtacha zichligini topishda avval qum quritish shkafida turg’un
og’irlikgacha quritiladi va sinash uchun avvaldan og’irligi aniqlangan 2 litr li idish va voronka ishlatiladi. Quruq
holatdagi qum voronkaga solinib, voronka og’zi orqali 2 litrli idishga to’kiladi. Qum og’irligi va hajmi aniqlinib,
o’rtacha zichlik ρ=m/V formulasi yordamida aniqlanadi. To’kilgan qumning o’rtacha zichligi sifatida uch marta sinab
aniqlangan qumning o’rtacha zichligini o’rtacha arifmetik qiymati olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |