YIRIK TO’LDIRGICHLARNING MAYDA-YIRIKLIGINI ANIQLASH
Umumiy malumotlar:
Yirik to’ldirgichning mayda-yirikligi beton konstrukciyaning o’lchamlariga qarab
tanlanadi. İshlatiladigan konstrukciyaga mos qilib tayyorlangan yirik to’ldirgichning mayda-yirikligi tajribaxonada
elaklardan o’tkazilib sinaladi.
İshning maqsadi: Yirik to’ldirgichning mayda-yirikligini aniqlashdan iborat.
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar:
ko’zining diametri, 2,5; 5; 10; 20; 40 va 70 mm li g’alvirlar, tarozi,
quritish shkafi, tortish uchun idish.
Tajriba tartibi: Yuvib tortilgan (5 kg) har xil yiriklikdagi to’ldirgich g’alvirlarga solinadi va 1-2 minut
mexanik asbob yoki qo’l vositasida tebratiladi. G’alvirdan to’ldirgich donalari o’tgandan keyin, har qaysi g’alvirda
qolgan qoldiq alohida-alohida tortilib, namunaning umumiy og’irligi (5 kg) ga bo’linib, uning qiymati % hisobida
aniqlanadi. Har bir g’alvirdagi jami qoldiqni topish uchun shu g’alvir ko’zining diametridan katta bo’lgan
g’alvirlarda qolgan qoldiqlarning yig’indisi % hisobida olinadi.
Yirik to’ldirgichning mayda-yiriklik darajasini ko’rsatuvchi standart grafikka sinash natijasida olingan
qiymatlar qo’yilib, siniq chiziq chiziladi. Agar topilgan chiziq grafikning shtrixlangan yuzasida bo’lsa, yirik
to’ldirgich mayda-yirikligi bo’yicha betonga yaroqli deb topiladi. Bordi-yu, siniq chiziq shtrixlangan yuzaning
yuqorisidan yoki pastidan o’ca, to’ldirgichda tegishli ravishda mayda va yirik donalarning ko’pligini bildiradi.
To’ldirgichni g’alvirlardan o’tkazib olingan qiymatlar asosida shag’al(yoki chaqilgan tosh) ning eng yirik va
eng mayda diametrli donalar miqdori topiladi. G’alvir ko’zining diametri eng yirik bo’lganda jami qoldiq
namunaning 5% dan kam bo’lishi kerak. G’alvir ko’zining diametri eng mayda bo’lganda esa jami qoldiq 95 % dan
ko’p bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |