Umrini ziyo-la ulashib borar, Ilhaq tunlarimga umid osgancha


Download 55.5 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi55.5 Kb.
#232301
1   2   3
Bog'liq
She'rlar

Istiqlolim
Yongan yuraklarning o’tida kulgan,

Shijoat kuyidan bugun sarmastman.

Istiqlol ne’mati, erklik shukuhi,

Bag’sh etgan sururdan yaralgan sasman.


Shukrona tonglari otyotgan tonglar,

Baxtlar oshiyoni mangudir ishon.

Sarafroz istiqbol taqdir bitigi

Axir tangrim berdi odil bir sarbon.


Xurshid nurlariga cho’milgan o’lkam,

Asl jannatlarning yerdagu aksi.

Tinchlikdan nishona aylaydi qarang

Oq arkning bag’rida laylaklar raqsi.


Xirmoning to’ldirgan bug’doy donlaring,

Ramzida yashaydi ulug’ bir hikmat.

Qarshilaydi yana yuksak yoshini,

Mustaqillik nomli ulug’ bir ne’mat.


Ajdodlar merosi biz uchun albat

Osmonimizdagi iqbol quyoshi.

Duoga qo’l oching ezgu tilak-la,

Tinchlikka yor bo’lsin asrlar yoshi.



Ko’klam
Bahor nafasiday toza hayollar,

Yurak torlarini chertadi asta.

Ko’ngil bog’idagi eng sara gulni,

Bahor naqshi ila qiladi dasta.


E, voh, go’zal, ko’hna adirlar boshi,

Yashil maysalarni bag’riga olgan.

Osmon qo’ynidagi momiq bulutlar

Qo’yniga yomg’irlar shodasin solgan.


Kurtaklar uchida bahoriy nafas,

Shabnam akslantirgan barglar qatori.

Quyosh injiqlangan nurlar-la yonar,

Shu borliq,tabiat uning diyori.


O, ko’ngil gullari, ko’ngil gullari,

Iforing taratgin takror va takror .

Seni gulga o’rab nur-la yondirgan,

Otash tarovatli nurafshon bahor.


Ariqning sharqiroq jilvador suvi,

Quyosh nurlariga chiqadi peshvoz.

Barglarning shiviri quloqqa yoqar,

Olamni qoplaydi mayin bir ovoz.

***

Qog’oz qoralamay titraydi qalam,



Bir so’z demoqlikdan bosh totdi yurak.

Hayol chekinadi jimjitlik aro,

Majburlab she’r bitmoq ne uchun kerak.
Uzr yozolmayman ,yoza olmayman ,

Islom bobomizni xotira sanab.

Ta’rifiga so’z ham qidimadim men,

Ming turfa jilvali so’zlarni tanlab.


Faqat ko’zim ko’rgan narsaga boqdim,

Shu onda ko’rdim men o’zbek yoshlarin.

Bobom shijoati ko’chdi yurakka,

Haroratga berdik qalb quyoshlarin.


Chuqur nafas oling tinchlik havosi

Mana Islom bobom dildagi ahdi.

Bugun barchamizda namoyon asli

Osmonlarga tengdosh so’nmas bir shahdi.


Ko’chada qiyqirab yurgan bolakay

Ko’zida bobomning baxtli ko’zlari.

Har oila kaftida yaralgan duo,

Chin dildan aytilgan o’tli so’zlari.


Kim ne ta’rif bersin, men berolmayman,

She’r yozsin mayliga bitsin-a g’azal.

Bu xotira emas bugun va erta,

Balki o’zbek xalqim taqdiri azal.


Bobojonim uchun axtarmang tasvir,

Atrofga bir boqing, o’lmasdir ruhi.



Yuz, ko’zda yashaydi nurli yuzlari,

Toki davom etar hayot shukuhi.
Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling