Umum ped na amal-O`um 13-14
Hozirgi kunda dunyoqarashda yangicha fikrlashni hosil qilish mohiyati nimadan iborat va bu nima uchun
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Milliy istiqlol mafkurasi - xalqimiz
Hozirgi kunda dunyoqarashda yangicha fikrlashni hosil qilish mohiyati nimadan iborat va bu nima uchun zarur? Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo‘sini mustahamlanmasa, milliy istiqlol g‘oyasi, mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o‘zgarish sodir bo‘lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri kishilarning eskicha dunyoqarashini o‘zgartirish iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda fikrlashni o‘rgatish, mustaqillikni mustahkamlashda o‘z haq - huquqlarini anglab olish va noo‘xshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat. Milliy ong va mafkurani shakllantirish xozirgi kun talabi ekan, bu tushunchalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur. Xo‘sh, ong, milliy ong va mafkura nima? (Savollar yuzasidan qisqacha munozara uyushtiriladi) Ongni arabcha «aql» so‘zidan olingan, deb ta‘kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari o‘rtasida farqlar ham bor. Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan ma‘nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. «Odam onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi» 1 1 Иброхимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйg‘уси. Т.: «Ўзбекистон»,199. 30- бет. Diniy falsafiy Mifologik Dunyoqarash turlari UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 81 Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e‘tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o‘zaro ta‘siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy sohalarda faollik darajasi. «Milliy ong - O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr talabi darajasiga ko‘tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta‘lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e‘tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui. Mafkura ijtimoiy borliqning, ya‘ni keng ma‘noda jamiyat hayotining ma‘naviy-siyosiy in‘ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo‘lib xizmat qilishidir. Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu haqda oldingi mavzularda, boshqa fanlarni o‘tish jarayonida ham kup to‘xtab o‘tilgan. Shu fikrlarni, bilimlarni yana bir esga tushiraylik. «Aqliy hujum» usuli qo‘llaniladi. Talabalar guruhlarga bo‘linib , «Milliy istiqlol mafkurasi - xalqimiz Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling