Umum ped na amal-O`um 13-14


Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati qanday?


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296
Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati qanday? 
«Kibernetika» grekcha rolni bajaraman, idora etaman degan ma‘nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab
chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab 
chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy 
nazariyalarda o‘zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda.
O‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga 
tarjima qilish, dasturli ta‘lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta‘lim-
tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta‘lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida 
tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda. 
Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga ijodiy yondashuvning ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tish lozim. 
Talabalar ma‘ruza va seminar mashg`ulotlari davomida o‘zlashtirib olgan ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari 
mavzusini esga olgan holda maktab hujjatlarini o‘rganish orqali matematik-statistikaga murojaat etadilar. Bunda o‘zlari 
tahsil olgan maktabning qachon tashkil topgani, undan qancha olim, sportchi, shoir,xalq maorifi a‘lochilari, 
o‘qituvchilar yetishib chiqqanligini, bugungi kungacha qancha o‘g`il-qiz bitirib chiqqani, jumladan, 2005-2006 o‘quv 
yilida qancha o‘quvchi oliygohlarga, litsey, kollejga o‘qishga kirganligi haqida ma‘lumot to‘plashlari lozim. Buning 
uchun ular maktab manitoringiga murojaat qilishlari kerak. 
Talabalar biror sinfdagi bolalar ijodini o‘rganish uchun pedagogik kuzatish metodidan foydalansalar maqadga 
muvofiq bo‘ladi. Oddiy kuzatish orqali ularning dunyoqarashlarini bilib olishlari mumkin, ilmiy kuzatish orqali 
ularning qaysi fanga ko‘proq ishtiyoqlari balandligini bilib olishlari mumkin. Shunda sinfdagi o‘quvchilarning nechtasi 
she‘riyatga, san‘atga, sportga, kashtachilikka, rasm solishga, fanga qiziqishlariga qarab, o‘quvchilarni fan 
to‘garaklariga yoki kasbga yo‘llashlari mumkin.
XULOSA: Demak, pedagogika fani o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik 
xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganadi. Pedagogikaning 
ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to‘g`ri tanlansa, ta‘lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu 
darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham mazmunan boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga 
dogmatik yondashish mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to‘la
yaratilgan, ishlab chiqilgan emas. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling