Umum ped na amal-O`um 13-14


Keys. Mаvzugа оid muаmmоlаr


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet167/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   296
Keys. Mаvzugа оid muаmmоlаr: 
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek 
bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo‘lib, biri ko‘p, biri esa 
ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og‘zini poylab 
yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekan. 
Sabr kosasi to‘lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to‘kib solibdi. 

Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo‘yin 
tovlagan yerim yo‘q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin 
maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- debdi.
Xoja mirzaning so‘zini eshitib miyig‘ida kulibdida, uning da‘vosi to‘g‘ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq 
gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi. 

Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o‘rnidan turarkan. 

Bo‘lmasa eshiting- debdi xoja.-Karvonsaroyga Bog‘doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so‘rang-chi, 
bisotlarida baxmal matosi bormikan? 
Mirza ko‘ksiga kaftini qo‘yib: «Xo‘p bo‘ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o‘tmay, u 
karvonsaroyga borib kelibdi. 
-Taqsir bog‘dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi. 

Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja. 

Yo‘q! Rangini so‘ramabman. 

Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga. 
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o‘tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi. 

Bildim taqsir! Rangini so‘rab bildim! Pistamagiz ekan baxmal rangi! 

Yaxshi, - debdi xoja.- Baxmalning gazini necha so‘mdan sotarkanlar bog‘dodlik birodarlar? 
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing‘illabdi va u yerdan baxmal narxini 
ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo‘lib qancha baxmallari bor ekan
bilmadingizmi?»-degan savolni ko‘ndalang qilib, uni mulzam qilibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish 
uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to‘xtatibdi. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
123 

To‘xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib,birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi 
mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o‘tgach, xoja va birinchi mirza o‘tirgan yerga kirib kelibdi. 

To‘g‘ri taqsir! Karvonsaroyga Bog‘doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari xam bisyor emish,- 
debdi. 

Rangi qanday ekan uning? 

Rangi pistamag‘iz, sifati ham soz! 

Har gazini qanchadan deyishmoqda? 
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xojasining «Hammasi bo‘lib qancha baxmallari bor 
ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi. 
Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga 
yuzlanibdi. 

Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini? 
Maosh belgilashda xodim farosati xam e‘tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- debdi. 
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi 
inson bo‘lib shakllanishda farosatning o‘rni qanday? Sizning fikringizcha , xalq manfaatini ko‘zlashda, Vatan ravnaqini
yuksaltirishda mustaqil fikrlash ko‘nikmalari zarurmi? . Javobingizni asoslab bering
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O‘g‘lim (9 yosh) qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men
imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib 
kelish uchun kechqurun hovliga, goho go‘yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘i xonaga yuboraman.
O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni 
emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling