Umum ped na amal-O`um 13-14


 Shaxs kamolotining asosiy omillariga nimalar kiradi?


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   296
3. Shaxs kamolotining asosiy omillariga nimalar kiradi? 
Dunyoga kelgan go'dak ma'lum yoshga qadar individ hisobla-nadi. «Individ» 
lotincha «individium» so'zidan kelib chiqqan bo’lib, «bo'linmas», «alohida», 
«yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio-logik turga kiruvchi alohida tirik 
mavjudotdir. Shaxsning shakllanishidaharakato'zigaxos omil sanaladi. Go'dak 
(chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin-chalik 
reflekslar boiib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo'zg'atuvchilarga 
javob tarzida yuz beradi. Go'dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, lining 
tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo'la boshlashi va 
albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro'y berishi shaxs 
shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan 
jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun 
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. 
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira 
darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi 
va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat 
turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni 
(maq-sadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning 
samaradorligi va h.k) 
Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim 
sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs 
- ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ong­li faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy 
mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma 
va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-
harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. 
Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va 
o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan 
xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz 
tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda 
ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, vertikal 
holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham 
nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan 
mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga 
moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, uning 
«uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. Shaxs 
muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil 
etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq. 
Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar 
majmuyi. «Muhit» tushunchasi o'ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit 
(oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini 
aks ettiradi. Ayni chog'da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
128 
muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu 
kabilarni o'z ichiga oladi 
Oila muhiti - mikromuhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois 
mustaqillikka erishilgandan so'ng, o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs 
kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu 
maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini 
ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Mavjud ijtimoiy muhit 
insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik 
yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori boiadi. 
4. Tashqi qiyofa, qon aylanishi, oliy nеrv faoliyati qaysi omil ta'sirida shakllanadi? 
Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari 
(bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun 
organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. 
Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni 
"psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, 
psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv 
faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni 
yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh 
miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti 
toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy 
nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori 
darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim 
sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab 
shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv 
qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. 
Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar 
asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz 
reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-
vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan 
hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan 
odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman 
shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan 
birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki 
yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish 
davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyatif. maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda 
mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi 
signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning quyidagi asosiy 
qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil 
boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi; 3) shartli 
qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, 
shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri 
tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-
qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida 
aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
129 
ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi 
qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri 
bilan bogʻliq induk-siyasi. 
Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon 
neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti 
hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy 
faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. 
Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu 
nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning 
umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling