Umum ped na amal-O`um 13-14


 Til o`rganishda, urf-odatlarni egallashda qaysi omilning ta'siri kuchli bo`ladi?


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet171/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   296
5. Til o`rganishda, urf-odatlarni egallashda qaysi omilning ta'siri kuchli bo`ladi? 
Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish 
jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo’lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish 
tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan 
namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish 
jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs 
ijtimoiylashuviga xos bo’lgan quyidagi holatlar aniqlangan: 
-shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga 
o’tish jarayonida ro’y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo 
omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o’rin tutadi; 
-bolaning kamol topishi, shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-
onalar va bola o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro hissiy birligi muhim 
ahamiyatga ega; 
-shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; 
shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv 
mohiyatini anglatadi; 
-shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati 
unsurlarini o’zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va 
axloqiy sifatlarga ega bo’ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati 
hisoblanadi; 
-shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan 
davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o’ziga xos 
ko’rinishda namoyon bo’ladi; 
-ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo’lmay, shaxs hayotining barcha 
davrlarini qamrab oladi. 
Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va 
zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga 
kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o’zini jamiyatda shaxs sifatida 
anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o’z-o’zini tarbiyalash jarayonida 
yuzaga kelib, inson qachonki, o’z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga 
erishish yo’llarini belgilay olganida, o’z qadr-qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi 
o’z o’rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi. 
ana’naviy – oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, 
faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish; 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
130 
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan 
o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish; 
shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda 
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; 
refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni 
pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish. 
O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik hodisa sifatida 
shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual, emotsional-hissiy va 
faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning 
ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini 
oshirishga xizmat qiladi. 
O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga 
oshirilishi lozim: 
-ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining rolini aniqlay olish, vaziyatga 
moslashuvchanlik va safarbarlik; 
-loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash, individual xulq-atvor 
strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy 
me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling