Umum ped na amal-O`um 13-14


Ta‘limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga qo‘yiladigan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   296
 
Ta‘limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga qo‘yiladigan 
talablar, qoidalar ta‘lim prinsiplari deb ataladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo‘lib, ular ta‘limning barcha turlari, darajalari, sub‘ektlari, o‘quv-tarbiya 
jarayonining hamma komponentlariga dahldor umumiy qoidalardir.
O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy 
qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish tamoyillari ta‘lim jarayonining eng muhim masalalarini 
nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. 
Ta‘lim prinsiplarining uzviy bog‘liqligi deganda nimani tushunasiz?
Ta‘lim tamoyillari o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o‘zaro bir - biri bilan 
mustahkam bog‘liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi 
mumkin. Ular ta‘lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi. Ta‘lim tizimi isloh 
qilinayotgan hozirgi jarayonda o‘quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan 
insonlar qilib tarbiyalashda, ta‘lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim 
muammolardan biridir. 
O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi, texnika va fanning so‘nggi yutuq va 
kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o‘quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim. 
Ta‘lim prinsip (tamoyil)lari tizimi nimadan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-4 chizma 
O‘qitishning ilmiylik tamoyillari ta‘lim jarayonida o‘quvchi - talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti 
darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirishga
qaratilgan. 
Ilmiylik ta‘limning mazmuniga va usullariga aloqadordir. Shunday ekan bilim ilm -fan bilan o‘quv predmeti 
o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishiga erishish lozim. Ta‘limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlashlardan 
foydalanmoq lozim. 
Ta'limda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi 
Ta'limning ilmiy bo`lishi 
Ta'lim tamoyillarining o`zaro bog`liqligi 
Ta'limdagi onglilik va faol harakatda bo`lish 
Ta'limning tarbiyalovchilik
imkoniyatlaridan 
foydalanish 
Ta'lim jarayonining ko`rsatmali bo`lishi 
Bilimlarni tizimli va izchil 
o`zlashtirib olish 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling