Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va
malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Тa‘lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish,
ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon
Тa‘lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
O‘qish – ma‘lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish jarayoni; o‘quvchilar tomonidan
o‘quv faoliyati usullarini egallab olishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Тa‘lim mazmuni – davlat ta‘lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma‘lum sharoitda muayyan
fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta'lim - I) shaxsning jismoniy va ma'naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy
ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan idеal timsollarga ongli yo`naltirilgan ijtimoiylashish
jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g`oyaviy-axloqiy kadr, malaka, ko`nikma, axloq mе'еrlariga qaratilgan jamiyat
a'zolarining ta'lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.
Ta‘lim tamoyillari, ularning mohiyati va o`zaro bog`liqligi
Pedagogikada ta‘limning ilmiy - nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya‘ni didaktika qismida o‘rganiladi. Bu
jarayonda ta‘lim prinsiplariga alohida to‘xtaladi. Xo‘sh, ta‘lim prinsiplari kim uchun va nima uchun kerak? U
o‘quvchi faoliyatiga ham dahldormi?
Ta‘lim jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta‘lim
jarayonining qonun qoidalari, ya‘ni ta‘limga qo‘yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq.
Ta‘lim prinsiplari o‘quv tarbiya jarayoniga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar, ta‘limni tashkil etish va boshqarishda
rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.
Ko‘pchilik adabiyotlarda «o‘qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta‘lim prinsiplari ta‘lim jarayonining
ikkala sub‘ektiga- o‘qituvi va o‘quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta‘lim prinsiplari deb atagan ma‘qul, deb
ta‘kidlaydi prof.O.Roziqov.
Do'stlaringiz bilan baham: |