Umum ped na amal-O`um 13-14
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‘limning noan‘anaviy shakli Afzalligi Kamchiligi Afzalligi Kamchiligi Savol va topshiriq
- 9-MAVZU. STEAM TA‘LIM (STEAM EDUCATION) (MAVZU ILOVA QILINADI) Reja
- STEAM bu — S – science , T
Mustahkamlash uchun topshiriqlar:
1.Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan‘anaviy shakldagi mashg‘ulot uchun ishlanma tuzing (Turli interfaol usullardan foydalanib). 2. An‘anaviy va noan‘anaviy ta‘lim shakllariga munosabatingizni yozma bayon eting. 3.An‘anaviy va noan‘anaviy ta‘lim shakllarini taqqoslab quyidagi chizmani to‘ldiring: Ta‘limning an‘anaviy shakli Ta‘limning noan‘anaviy shakli Afzalligi Kamchiligi Afzalligi Kamchiligi Savol va topshiriq 1. Zamonaviy ta‘limning asosiy turlarini ta‘riflab bering. 2. ―Ta‘limning tashkiliy tizimi‖ tushunchasi mohiyatini tushuntirib bering. 3. Ta‘limning individual shakli afzalliklari nimadan iborat? 4. Sinf-dars tizimining afzalliklari nimalardan iborat? 5. Zamonaviy darsga qanday talablar qo‘yiladi? 6. O‘quvchilar bilish faoliyatining individual, guruhli, frontal shakllaridan foydalanib mutaxassislik fani bo‘yicha dars rejasi va konspektini ishlab chiqing. 1 Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.71-73b. 2 Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.71-73b. UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 42 9-MAVZU. STEAM TA‘LIM (STEAM EDUCATION) (MAVZU ILOVA QILINADI) Reja: 1. Steam-science (fan) Technology (texnalogiya), Injineering (injenerlik), Mathematics (matematika) o‘qitish: 2. Hayot ta‘limi (STEAM learning: Education for life). Trancversal va tajribaga asoslangan ta‘lim (Trancversal and experientail knowledge). 3. STEAM shaxs rivojining ijodiy aspekti. ART (san‘at) – STEAM kontsepsiyasi: Music (musiqa) – CTEMM, reading (o‘qish san‘ati) – STREAM. 4. STEAM ta‘lim dasturlari. STEAM texnologiyalarining ahamiyati. Geyimfikatsiya: o‘yin orqali o‘rgatish (gamefication: learning through play) Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha mo‗ljallangan ta‘lim konsepsiyasida ta‘lim, xususan, maktabgacha ta‘lim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish masalalariga yetkazuvchi muhim faoliyat sifatida e‘tirof etilib, uni zamonaviy va ilg‗or pedagogik texnologiyalar asosida yanada rivojlantirish hamda takomillashtirishga e‘tibor qaratilmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maktabgacha ta‘lim milliy madaniyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning xazinasi, bolalarda milliy, ijodiy, mustaqil tafakkurni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, ifodalovchi hamda boshqa fanlarni mukammal, puxta o‗zlashtirilishiga asos bo‗luvchi bug‗in sifatida qaralib, innovatsion ilg‗or pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu esa MTT metodik faoliyatini tashkil etishda pedagog-tarbiyachilarning tinimsix izlanishi, o‗z faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borishiga bog‗liq bo‗lib qolmoqda. Yangilanayotgan O‗zbekistonda ham maktabgacha ta‘lim tizimiga doir islohotlar doirasida maktabgacha ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham ―o‗qitish usullarini takomillashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, bolani kichik yoshdan ta‘lim olishga sog‗lom, kuchli va ta‘sirchan motivatsiyani shakllantirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu, avvalo, maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini tashkil etishda metodik jihatdan isloh qilish, xalqaro ta‘lim standartlari asosida pedagog – tarbiyachi faoliyatini metodik jihatdan rivojlantirish, faoliyatni sifati va samaradorligiga alohida e‘tibor qaratishni taqozo qiladi. Chunki ana shundagina bolalarning halqaro dasturlarda ishtirokini ta‘minlash, o‗z ovoziga ena bo‗lishiga zamin yaratiladi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida MTT pedagog hodimlarining faoliyatini metodik jihatdan qo‗llab-quvvatlashga erishish bir qator yondoshuvlarni taklif UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 43 etadi. Jumladan, STEAM (S-fan, T-texnologiya, E -muhandislik, A - can‘at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san‘at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‗nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi -Muammolarni keng qamrovli tushunish -Ijodiy fikrlash -Muhandislik yondashuv -Tanqidiy fikrlash -Ilmiy metodlarni tushunish va qo‗llash -Dizayn asoslarini tushunish Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‗pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta‘lim muassalarida pedagog tarbiyachilar bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo‗lmaydi! Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‗lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta‘lim va bilimlarga muhtoj bo‗ladi. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‗yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta‘lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‗llashda beshta sohani yagona o‗quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta‘limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‗zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‗lib, bunad ular fikrlarni to‗plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta‘lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‗rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‗z-o‗zini namoyon qilish asoslarini o‗rganishadi, o‗z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta‘minlaydi. Bu yondashuvda bolalar o‗z qo‗llari bilan yaratgan ko‗prik va yo‗llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‗tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan ―mahsulot‖ni qayta-qayt sinovdan o‗tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‗zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‗alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‗alaba, o‗zlarining qobiliyatlariga ko‗proq ishonch uyg‗otadi. STEAM ta’lim tizimi nima? Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S – science, T – Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling