Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar


Download 82.51 Kb.
bet43/46
Sana09.01.2022
Hajmi82.51 Kb.
#256393
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Parazitologiya Javoblar.

61._Serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.

Serbar tasmasimon chuvalchang tasmasimon chuvalchanglar sinfining eng
uzun va yirik vakili hisoblanib, odam hamda turli yirtqich sutemizuvchi
hayvonlarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo'ri) ichagida parazitlik qiladi.
Tanasining uzunligi 10-15 m, ba'zan esa 20 m gacha boradi, eni esa 3-4,5 sm
gacha yetadi.Bo'g'imlar, ya'ni proglottidaiar soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon
chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo'g'imlarning eni bo'yiga nisbatan uzun bo'ladi.
Skoleksi, ya'ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi.
Ularning boshchasida so'rg'ich o'rriida 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud,
shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi.
Xitinli ilmoqchalari yo'q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar
sistemasi qoramol tasmasimonnikiga o'xshash, lekin keng tasmasimon
chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi,
qolganlari esa qin va urug’ yo'llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar
boshqalarnikiga o'xshab proglottidalarning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi
yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo'g'imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar
bo'lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang
deyiladi. Yetilgan bo'g'imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi. Urug'donlar har bir bo'g'imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo'lib,
ikki bo'lakdan iboratdir. Yetilgan bo'g'imlardagi bachadonlar ham o'zining
shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. ,
Bachadon shoxlari uzun, har bir bo'g'imning markazida, ya'ni o'rtasida
joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o'xshaydi.


Download 82.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling