Umumiy ahlat, siydik olish siydikni umumiy tah


Download 58.57 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi58.57 Kb.
#1748089
1   2   3   4
Bog'liq
UMUMIY AHLAT, SIYDIK OLISH

3. Suv balansini aniqlash

Ichilgan suyuqlik miqdori bilan ajratilgan suyuqlik miqdori o‘rtasidagi nisbat suv balansi deyiladi. Odatda ichilgan suyuqliklarning 70 foizi organizmdan turli yo‘llar bilan qaytib chiqariladi.


Suv balansini aniqlash uchun hamshira sutka davomida bemor iste'mol qilgan barcha suyuqliklarni (ovqat, meva, sabzavotlar, suyuqliklar, suyuq dori vositalarining hammasini) hisobga olib boradi. Shu davr ichida ajratgan axlati, siydigi, terlash xususiyatlarini ham aniqlaydi. Olingan nisbatga asoslangan holda suv balansi haqida xulosalar chiqariladi. Bajarish tartibi:
1. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: toza shisha idish (2-3 litr), tuvak yoki siydik yig‘gich.
3. Bolaga sutka davomida ichadigan suyuqliklar miqdorini yozib borish taklif qilinadi.
4. Boladan tekshiruv o‘tkaziladigan kuni ertalab soat 06:00 da qovuqni bo‘shatish so‘raladi (siydikning bu miqdori hisobga olinmaydi).
5. Bolaga sutka davomida ajralgan siydiklarini tayyorlab qo‘yilgan shisha idishga yig‘ishi taklif qilinadi (siydik ertalab soat 06:00 dankeyingikunertalab soat 06:00ga qadar yig‘iladi). 6. Bolaning sutka davomida ichgan suyuqliklari miqdori
hisoblanadi.
7. Sutka davomida yig‘ilgan siydik miqdori hisoblanadi. Natijalar bolaning tibbiy varaqasiga kiritiladi.
8. Kerak bo‘lsa siydikni va ishlatilgan buyumlarni dezinfeksiya qilinadi.

4. Siydikni Addis-Kakovskiy bo‘yicha tekshirish uchun yig‘ish

Siydikni olishdan avval, bemorning tashqi jinsiy a’zolari yaxshilab yuvilishi lozim. Oldin shishaga konservant – bir necha timol kristallchasi yoki 2 kristallcha formaldegid yoki 0,5 ml xloroform solinadi. Siydiklishishanisovuqda saqlagan qulay. Addis-Kakovskiy usuli bo‘yicha hisoblash kamerasida siydik elementlari sanaladi. Siydikning kunlik umumiy miqdoridagi


soni hisoblab chiqariladi. Bajarish tartibi:
1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
2. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
3. Tayyorlab qo‘yiladi: siydikni yig‘ish uchun toza shaffof bo‘lmagan idish, konservant (timol yoki formaldegid kristallari yoki xloroform), yo‘llanma, mustahab uchun to‘plam.
4. Bolaga soat 22:00 da qovuqni bo‘shatish taklif qilinadi va ertasi soat 08:00 gacha siymaslik buyuriladi.
5. Bolaga ertalab soat 08:00 mustahab qildiriladi va tayyorlangan idishga siydigini yig‘ishi so‘raladi.
6. Flakonga yo‘llanma biriktiriladi.
7. Qo‘lqoplar yechiladi va ularga ishlov beriladi. 8. Material klinik laboratoriyaga yuboriladi.
9. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib kelinadi. 10. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.



Download 58.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling