Umumiy ahlat, siydik olish siydikni umumiy tah
Download 58.57 Kb.
|
UMUMIY AHLAT, SIYDIK OLISH
Dezinfeksiya: tuvakni xlorli ohakning 3% li eritmasiga solib, 60 daqiqa ushlanadi, yuvindi suvlari ustiga quruq xlorli ohakdan solinadi (1 litr siydikka 200 g hisobida), ekspozitsiya
– 60 daqiqa. Izoh: Siydik yig‘ishdan oldin qo‘lqoplar kiyiladi va bolaga mustahab qildiriladi. 7. Siydikni Zimnitskiy bo‘yicha sinama uchun yig‘ish Buyrakning konsentrlash va mochevinani chiqarish xususiyatini aniqlash maqsadida Zimnitskiy bo‘yicha sinama qo‘llanadi. U odatdagi suv va ovqat rejimida o‘tkaziladi. Tekshirish qoidasi buyraklarning fiziologik sharoitlardagi suv rejimiga moslashuvini aniqlashga asoslangan. Sinama o‘tkazishga monelik hollar yo‘q. Rejim odatdagicha. Bajarish tartibi: 1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi. 2. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 3. Tayyorlab qo‘yiladi: siydikni yig‘ish uchun 8 ta toza quruq flakonlar, har bittasiga yo‘llanma yopishtirilgan bo‘lishi kerak, qo‘shimcha flakonlar, yo‘llanma, mustahab uchun to‘plam. 4. Boladan ertalab soat 06:00 da qovug‘ini bo‘shatishi so‘raladi (siydikning bu qismi hisobga kirmaydi). 5. Bolaga soat 09:00 da siydigini 1-flakonga yig‘ish so‘raladi. Agar siydik ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha flakon beriladi va unga 1-porsiyaga qo‘shimcha belgisi qo‘yiladi. 6. Soat 09:00 dan 12:00 ga qadar siydikni ikkinchi flakonga yig‘ish kerakligi eslatiladi va har 3 soat davomida siydikni alohida flakonlarga yig‘ishi kerakligi tushuntiriladi. 7. Bolaning ertasi kuni ertalab soat 06:00 gacha hamma 8 ta flakonni to‘ldirishi nazorat qilinadi. 8. Hamma flakonlarni klinik laboratoriyaga yuboriladi. 9. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib kelinadi. 10. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi. Izoh: a) Og‘ir ahvoldagi bolalardan siydik yig‘ish paytida qo‘lqop kiyiladi; b) Har porsiya siydik yig‘ishdan oldin bola mustahab qiladi; d) Flakonlarning birida siydik bo‘lmagan taqdirda ham shu flakon klinik laboratoriyaga jo‘natiladi. Download 58.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling