Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari
Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar
Download 0.76 Mb.
|
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a
3. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar.
Bu xatoliklar aniq bo'lmagan yoki tibbiy yordamni tashkil qilishda yetarli o'ylanilmagan holatlar bilan bog’liq hollarda kuzatilishi mumkin. Bunday xatoliklarning sababi ayrim sog’liqni saqlash muassasalari bo’g’ini rahbarlari kasbiy darajasi saviyasining yetarlicha bo'lmasligi, yoki ayrim davolash-profilaktika tashkilotlari ishida noqulay sharoitlarning yaratilganligidir. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar natijasida ayrim regionlarda tibbiy yordam ko'rsatish masalasida qiyinchiliklardan tashqari, bemorlar ham azoblanadilar. Bunda davolash-profilaktika muassasalari vrachlari rahbarlarining aybi bilan xatoliklarga yo'l qo'yiladi. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklarni sodir bo'lishi mumkinligining ayrim sharoitlarini ko'rsatish mumkin. Agar ish teatr garderobxonasidan boshlansa, davolash muassasasining ishi esa ko'pincha tibbiy yordamning o'z vaqtida ko'rsatilishi bilan bog’liq bo'ladi. Ayniqsa urgent (shoshilinch) holati kasalliklar, jarohatlanishlar va zaharlanishlarda shoshilinch yordam talab qilinadigan paytlarda ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham qabul bo'limining ishi sinchiklab o'rganilib yaxshi tashkil qilingan bo'lishi kerak. Bu o'z navbatida tibbiyot muassasalari rahbarlarining doimo e'tiborini talab qiladi. Qabul bo'limining hodimlari uchun qo'pollik va e'tiborsizlik holati yo’l qo'yib bo'lmaydigan hodisa bo'lib, u bemorlarga juda salbiy ta'sir ko'rsatib, ularda tibbiyot muassasasi hodimlariga nisbatan negativ munosabatlarning shakllanishini sababchisi bo'ladi. Bu o'z navbatida davolashning oqibatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklarga misollar keltiramiz. 66 yoshlik K. ismli ayol zamburug’dan tayyorlangan ovqatni iste'mol qilgach o'tkir zaharlanadi. Holsizlanish, qusish alomatlari paydo bo'lib, keyinchalik ko'pincha qornidagi og’riq chap chov sohasiga beriladi. Markaziy tuman kasalxonasining qabul bo'limiga mustaqil holda o'zi keladi. Navbatchi fel’dsher bemorni ko'rmasdan poliklinikaga murojaat qilishlikni tavsiya qiladi. Ayol kishi poliklinikaga kechroq boradi, ammo u er yopiq bo'lgani uchun ayol kishi yana qabul bo'limiga qaytib keladi va vrachni chaqirishni so'raydi. Navbatchi fel’dsher vrachning og’ir kasal bilan ishlayotganligi va hali tezda bo'shamasligini aytib, poliklinikaga ertasi kuni ertalab kelishini maslahat beradi. Kelgusi kuni uni tez tibbiy yordam mashinasida shu qabul bo'limiga siqilgan son dabbaligi va boshlanuvchi peritonit tashxisi bilan olib kelinadi. Shoshilinch ravishda operatsiya qilinadi, ammo qutqarishni imkoniyati bo'lmaydi va bemor 8 kundan keyin yiringli tarqalgan peritonitdan vafot etadi. Boshqa holatda 29 yoshli A. ismli fuqaro Markaziy tuman kasalxonasi qabul bo'limiga keltirilgach, 45 minutdan keyin unda ko'krak qafasining o'q otar qurollari bilan jarohatlanish borligi aniqlaniladi. Tez tibbiy yordam vrachi yaralanish plevra bo'shlig’iga o'tishi tufayli anchagina gemotoraks va teri osti emfizemasi rivojlanganligini tahmin qiladi. Bemorning umumiy ahvoli o'rtacha og’irlikdaligi ko'zga tashlanadi. Navbatchi vrach operatsiya xonasida boshqa bemor bilan band bo'lgani uchun ham bemorni birdaniga ko'ra olmaydi. 4 soatdan keyin operatsiyadan chiqqanida bemor hamon qabul bo'limida yotar edi. Bemorning ahvoli progressiv og’irlashgani uchun ham shoshilinch reanimatsion muolajalar talab qilinar edi. Operatsiyadan keyin 1,5 soat o'tgach o'lim holati kuzatiladi. A. ismli fuqaroga o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilmaganlik holatini surishtiruv ishlari shuni ko'rsatadiki, navbatchi fel’dsher bo'layotgan hodisa haqida o'z vaqtida kasalxonaning bosh vrachini habardor qilishligi, navbatchi vrachning operatsiya bilan boshqa bemorga shoshilinch yordam ko'rsatayotganligini bildirishi shart edi. Bunday holat tibbiy yordamni tashkil qilishlikdagi xatoliklar sifatida baholanadi. Keltirilgan ikkala misol ham qabul bo'limi navbatchi hodimlarining bemorga nisbatan sitqidildan yondoshmaganliklarini ko'rsatib, bu bo'lim jamoasi orasida tarbiyaviy ishlarni yetarlicha tashkil qilinganligini ko'rsatadi. Dam olish va bayram kunlarida navbatchi tibbiyot hodimlari ish sistemasining yaxshi o'ylangan holda tashkil qilinmagani ham xatoliklar manbalaridan biridir. Bunday hollarda faqatgina kasalxonada davolanuvchi bemorlargina emas, balki shoshilinch yordam talab qiluvchi jabrlangan bemorlar ham qiynalishi mumkin. Misollar keltiramiz. N. ismli 8 yoshli qizcha o'tkir appenditsit tashxisi bilan kasalxonaga yotqiziladi. U operatsiya qilingan bo'lib, operatsiyasi yaxshi tiklanadi. Biroq operatsiyadan 4 kun o'tgach uning harorati +37,3 - 37,7C darajaga ko'tariladi. Beshinchi, bozor kuni, navbatchi xirurg onasining qistovi bilan bemorni kasalxonadan chiqariladi. Biroq ertasi kuni ertalab uni yana kasalxonaga yuqori harorat bilan olib kelinadi. Appenditsitdan keyingi infil’trant deb tashxis qo'yiladi. Keyinchalik u yiringlab ketadi, peritonit rivojlanadi va o'lim kuzatiladi. Mutlaqo ko'rinib turibdiki, bemorning davolovchi vrachi bo'lmasdan va uni to’lig’icha tasavvur qilmasdan navbatchi vrach aniq o'z hukumini ustun qo’yadi. U bemorni kasalxonadan chiqarish masalasini davolovchi vrach yoki bo'lim boshlig’i bilan maslahatlashishi zarur edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, bemor yotgan kasalxonada navbatchi hodimlarning huquqi va burchlari haqidagi va ishdan keyingi paytidagi kasalxona ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoida yo'qligi aniqlaniladi. Boshqa holatda 2,5 yoshlik qizchada kunduz kuni rejali asosda o'tkazilgan tonzilloektomiya operatsiyasidan keyin kechqurun operatsiya qilingan joyidan qon ketish boshlanadi. Qizchani operatsiya qilgan vrach otorinolaringolog kasalxonada yo'q. Navbatchi xirurgni 3 soat ichida ham bemorning onasi va navbatchi pediatr topa olishmaydi. Keyinchalik chaqirilgan otorinolaringolog hech nima qila olmaydi. Bemor qizcha yashirin qon ketishidan halok bo'ladi. Surishtiruv natijalarining ko'rsatishicha, navbatchi xirurg bosh vrachning ruhsati bilan o'z shaxsiy ishini bajarish uchun o'z postini uzoq muddatga navbatchi hodimlarni ogohlantirmasdan ketib qoladi. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatoliklar davolash muassasasida o'rinlarni noto’g’ri yoki o'ylanmasdan taqsimlanishi tufayli ham kuzatilishi mumkin. Buning natijasida bir bo'lim kam nagruzka bilan ishlasa, boshqasi katta nagruzka bilan ishlaydi. Bu o'z navbatida tibbiy yordam sifatini yomonlashishiga sababchi bo'ladi. Bunday holat ba'zan koykalarni ko'rsatilgan normalardan juda yuqori darajada majburiy kengaytirilishi tufayli yaratiladi. Davolash muassasalarining priborlar, reaktivlar va dorivor moddalar bilan yetarli ta'minlanmaganligi ham diagnostika va davolash kamchiliklari hisoblanishi mumkin. Misol keltiramiz. Uchastka kasalxonasiga shoshilinch holda B. ismli 19 yoshli fuqaro olib kelinadi. Unda o'tmas vosita yordamida urilish natijasida boshi jarohatlanganligi kuzatiladi. Vrach peshona-chekka qismida lat yegan yara va miyani chayqalishi to’g’risida tashxis qo’yadi. Avvalgi kasalxonada ta'mirlanish ishlari olib borilayotganligi tufayli, hali to’lig’icha ta'mirlanmagani uchun ham jabrlanuvchining kallasini rengenografiya qilinmagan. Bemor kasalxonaga yotqizilib, boshining peshona-chekka qismidagi yarasiga ishlov berilgan. Keyingi kunlarda u boshida kuchli og’riq paydo bo'lib boshi aylanayotganligi va qusish alomatlari paydo bo'layotganidan shikoyat qiladi. Bemorning holati progressiv yomonlashib 5 - kuni havfli darajaga yetadi. Tez yordam vrachi kuzatuvida Markaziy tuman shifoxonasiga olib kelinadi. Rentgenografiyada unda peshona suyagining parchalanib sinishi ko'zga tashlanadi. Shoshilinch ravishda bemorni kalla suyagini dekompression trepanatsiya qilinadi, ammo uni qutqarib qolishning imkoniyati bo'lmaydi. Sud tibbiyoti ekspertizasi komissiyasining tergovchini savoliga bergan javobida ko'rsatilishicha, fuqaro B.ga uchastka kasalxonasida qo'yilgan tashxis noto’g’ri bo'lib, buning sababi, bemorni yetarlicha tekshirilmaganligi, boshini rengenografiya qilinmaganligi hisoblanadi. Shuning uchun ham jabrlanuvchiga noto’g’ri tashxis qo'yilganligi sababli o'z vaqtida kerakli xirurgik yordam ko'rsatilmaganligi uchun ham o'tkazilgan konservativ davolash usuli har doim ham ijobiy natijani ta'minlay olmaydi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling