Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari


Tibbiyot hujjatlarini tulg’azishdagi xatolar


Download 0.76 Mb.
bet20/25
Sana07.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1244953
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a

4. Tibbiyot hujjatlarini tulg’azishdagi xatolar.
Bunday xatoliklar kasallarga noto’g’ri tashxis qo'yilishi, VTEK ning noto’g’ri qarorga kelishi va reabilitatsion muolajalarning yetarlicha asoslanmaganligining sababchisi bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, vrachlar xatosini barcha turlarining tahlili bu xatoliklarni oldini olish va vrachlar malakasini oshirishda muhim o'rin egallashligini ko'rsatadi. Bu tahlil asosan kasalxonaning kliniko-anatomik konferensiyasida ko'rib chiqiladi.
Mamlakatimizda davolash muassasalarida kliniko-anatomik konferensiya avvaldan yaxshi odatlardan biri hisoblanadi. U birinchi marta amaliyotga 1930 yili buyuk sovet patologoanatomi I.V.Davidovskiy tomonidan kiritilgan bo'lib, 1935 yildan barcha davolash muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Klino-anatomik konferensiyaning asosiy vazifalari:
1. Davolash profilaktika tashkilotlaridagi vrachlarning malakasini oshirish, klinik va seksion ma'lumotlarining tahlili hamda birgalikdagi muhokamasi orqali bemorlarni klinik diagnostikasi va davolash usullari sifatini oshirishda hizmat qiladi.
2. Tibbiy yordamning barcha etaplarida bemorlarni diagnostikasi va davolashdagi xatoliklarni sabablari va manbalarini aniqlash; o'z vaqtida kasalxonaga yotqizilishida qo'shimcha tekshiruv usullari (rentgenologik, laboratorik, funksional diagnostika) kamchiliklarini aniqlash.
Kliniko-anatomik konferensiyaning vazifasiga qo'yidagi masalalarning muhokamasi: barcha klinik va patologoanatomik (sud tibbiyoti) diagnozlarining bir-biriga to’g’ri kelmasligi; ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo'lgan barcha kuzatuvlar; kamdan-kam uchraydigan va noaniq o'tadigan kasalliklar; dorivor moddalar bilan kasallanish va dorivor moddalar kasalliklarining pantomorfozi; shoshilinch yordam talab qilinadigan bemorlarga terapevtik va xirurgik muolajalar o'tkazilayotganida bemorlarning o'lim hollari, o'tkir infeksion kasalliklar, noma'lum hollarda birgalikda muhokama talab qilinishida amalga oshiriladi.
“Konferenciya jarayoni patologoanatomning klinitsist ustidan sud jarayoni bo'lmasligi kerak. U (patologoanatom) xech qachon “prokuror” yoki superorbitr rolida so'zlamasligi kerak: patologoanatomga hamma narsa ham ko'rinavermaydi, o'limga olib keluvchi sabablarni patolog anato patologoanatomik stolida har doim ham tushuntira olmaydi. Shunday ekan, klinitsistlar qat'iy ilmiy, ob’yektiv, tanqidiy nuqtai nazaridan bemorning hayotiy jarayonidagi ma'lumotlarning klinikasi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo'lishlari zarur. Vrachlar tomonidan bemorni diagnostikasi va davolashda yo'l qo'yilgan xatoliklarni ochiqchasiga tan olinishi, ob’yektiv ravishda buning sababini tushuntirishi hamda kasallikni oldini olish uchun nima ishlar qilinishi haqida ma'lumot berishlari maqsadga muvofiq deontologik qoida hisoblanadi. Bu o'z navbatida klinitsistni obro'sini kamsitmaydi, balki ko'taradi.
Vrachlarning xatosi va tibbiy yordam ko'rsatishdagi kamchiliklarni tahlili faqat patologoanatomnigina emas, balki sud tibbiyoti ekspertining ham muhim burchi ekanligini ko'rsatadi. Bunday tahlil sud tibbiyoti ekspertizasi byurosi va davolash - profilaktika muassasalari faoliyatining eng muhim burchlaridan biri hisoblanadi.
Vrachlar xatosi to’g’risidagi masalani tugallar ekanmiz, shuni aytib o'tish zarurki, bunda vrachlarning harakatida hech bir qasddan jinoyat sodir qilishlik yoki e'tiborsizlik holatlari kuzatilmaydi. Bunday xatoliklar uchun vrach jinoiy javobgarlikka tortilmaydi va ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling