Umumiy doc
РП 160 иккиламчи асбобнинг структура схемаси
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
8.16 – расм. РП 160 иккиламчи асбобнинг структура схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 316 chastota ajratuvchi orqali keladigan to‘g‘ri burchakli impulslar va DSH deshifrator boshqaradi. ∆U≠0 da Ml rotor ∆U ning ishorasiga bog‘liq holda u yoki bu tomonga aylana boshlaydi. R p reoxordning harakatlanuvchi kontakti bilan kinematik bog‘langan rotor ∆U nolga teng bo‘lib qolguncha aylanadi. Muvozanat paytida (∆U = 0) asbob shkalasidagi ko‘rsatkichning holati o‘lchanayotgan parametrning qiymatini belgilaydi. RP160 asbobi qarshilik termo o‘zgartkichlari bilan ishlashda yuqorida qarab chiqilgan barcha avtomatik ko‘priklardan farqli ravishda qarshilik termoo‘zgartkich (TS) ga to‘rt simli liniya bo‘yicha ulanadi.Ikki simi TS ning ta’minot liniyasi, qolgan ikkitasi — o‘lchov liniyalari, bu aloqa liniyasi qarshiligini moslashni talab etmaydi. Aloqa liniyasining yo‘l qo‘yiladigan qarshiligi 500 Om dan ortiq emas. TS orqali o‘tadigan tok kuchi qiymati ko‘pi bilan 7mA. Termoelektrik o‘zgartkichlar asbobga o‘zlarining chiqishlari bilan yoki kompensasiyalovchi (uzaytiruvchi) simlari bilan ulanadi. Bunda aloqa liniyasining qarshiligi 1000 Om dan oshmasligi kerak. RP160 asboblarida sozlikni tekshirish ta’minlangan: «Kontrol» (nazorat) knopkasi (tugmachasi) bosilganda asbob ko‘rsatkichi shkala uzunligining 50% ga mos keluvchi belgini ko‘rsatadi. Asbobda qayd etish zoldirli yozuv bilan uzluksiz chiziq tarzida amalga oshiriladi. Texnologik jarayonlarning parametrlarini sakkizta mustaqil kanal bo‘yicha o‘lchash, nazorat qilish va rostlash uchun 9060 PIM turidagi o‘lchovchi ko‘p kanalli mikroprosessorli asbob mo‘ljallangan. Asbobga chiqish signallari 0—10; 0— 100 mV; 0—5, 0—20 mA bo‘lgan birlamchi o‘zgartkichlar va turli xildagi tenzorezistorli kuch o‘lchovchi o‘zgartkichlar ulanishi mumkin. Ikkilamchi pnevmatik asboblarning kirishiga uzatiladigan analogli bosimlarning chegarasi (diapazoni) 20—100kPa ni tashkil etadi; ular chang va moydan quritilgan hamda tozalangan 140 kPa bosimli havo bilan ta’minlanadi. Asboblarning o‘lchash mexanizmining ishlash prinsipi kuch kompensasiyasi usuliga asoslangan bo‘lib, bunda sezgir element ta’siri orqali vujudga kelgan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 317 moment teskari aloqa prujinasi hosil qiladigan moment bilan muvozanatlanadi. Tuzilishiga ko‘ra ikkilamchi pnevmatik asboblar ko‘rsatuvchi, o‘zi yozuvchi va integrallovchi asboblarga bo‘linadi. Asboblarning aniqlik sinfi 0,5 va 0,1. Raqamli ikkilamchi asboblarda o‘lchangan parametrning qiymatlari maxsus raqamli indikatorlar yordamida raqam shaklida akslantiriladi. Axborotni berishning bunday usuli idrok qilish uchun ancha qulay, shuningdek, u o‘lchanayotgan parametrning qiymatlarini strelkali asboblarga nisbatan baholashning sub’ektiv xatolarini yo‘q qiladi. Bundan tashqari, raqamli ikkilamchi asboblar maxsus kelishuvchi (moslashuvchi) qurilmalar yordamida o‘lchangan parametrning qiymatini raqam bosuvchi qurilmalarda va perforatorlarda qayd qilish imkonini beradi, shuningdek, ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalariga kiritishni ta’minlaydi. Asboblar birlamchi o‘zgartkichlardan foydalangan hamda fizik kattaliklarni bevosita o‘lchash uchun, shuningdek, bir xillashtirilgan o‘lchov o‘zgartkichlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Raqamli asboblar axborot-o‘lchash tizimlarida agregat o‘lchash vositasi sifatida yoki shchit-montajida avtonom (alohida) ikkilamchi asboblar sifatida keng qo‘llanilmoqda. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling