Umumiy doc
-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Электр – пневматик
8.4-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR
O‘ZGARTKICHLAR Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinasiyalangan elektr- pnevmatik tizimlarni yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo‘lgan asboblar qo‘llaniladi. O‘lchash tizimining elektr va pnevmatik shoxobchalarini moslashtirish uchun elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlar chiqariladi. Elektr-pnevmatik o‘zgartkich 0—5 mA o‘zgarmas tokning uzluksiz elektr signalini bir xillashtirilgan 20—100 kPa qiymatidagi pnevmatik signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. EPP turidagi elektr-pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 8.13-rasmda tasvirlangan. O‘zgartkich ishi kuch kompensasiyasi prinsipiga asoslangan. O‘zgartkichdan nazorat va sozlash tizimlarida elektr analog PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 310 asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda tizimlar orasida bog‘lanish o‘rnatishda foydalaniladi. Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o‘zgartkich (magnitoelektrik mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchaytirgichdan tuzilgan. Elektr kirish signali (I = 0—5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga beriladi. Bunda magnit o‘tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit oqimi paydo bo‘ladi. YAkordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. SHu kuch ta’sirida richag 2 ning siljishi soplo 1 aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi. CHiqish bosimi ta’sirida silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‘lgan kuch bilan kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0. Pnevmo-elektr o‘zgartkich 20—100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik signalni 0—5 mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o‘zgartkichlar ham to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘zgartkich, ham qo‘shimcha energiya manbaidan foydalanadigan kompensasion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin. To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-elektr o‘zgartkich (8.14-rasm) pnevmatik kirish signalini qabul qiluvchi o‘lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda uzatuvchi o‘zgartkichdan tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 2 ning qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan, birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‘amga 8.13 – расм. Электр – пневматик Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling