Umumiy doc
ўзгарткичнинг принципиал схемаси
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.5- §. TELEO‘LCHAGICHLAR TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA
ўзгарткичнинг принципиал схемаси.
8.14 – расм. Пневмо – электрик ўзгарткичнинг принципиал схемаси. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 311 ega bo‘lgan o‘zak 4 siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch prujina 6 yordamida yaratiladi. O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan asosiy xatolik ± 1 % dan oshmaydi. Kompensasion pnevmo-elektr o‘zgartkichlarda kuchlarni kompensasiyalash prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar kompensasion turdagi o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo kompensasion turdagi o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga nisbatan qimmat turadi. 8.5- §. TELEO‘LCHAGICHLAR TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA O‘lchashlarni uzoq masofalarga uzatishda aloqa liniyalari parametrlarining o‘zgarishi uzatish aniqligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lganda teleo‘lchagichlar tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlarda o‘lchash natijalari aloqa liniyasiga uzatishda avval kodlanadi va qabul qilish punktida deshifrovka qilinadi. Ma’lumotlarni uzatish uchun son-impulsli, vaqt-impulsli va chastotali tizimlar qo‘llaniladi. Son-impulsli tizimning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan kattalikning har bir qiymatiga aloqa liniyasi bo‘ylab yuboriladigan tok impulslarning muayyan soni to‘g‘ri kelishiga asoslangan. Kodlashni, masalan, o‘lchash tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan valikning har bir aylanishida bir impulsni qabul qilish bilan amalga oshirish mumkin. Vaqt-impulsli tizimning uzatish qurilmasi o‘lchangan katalikni o‘zgaruvchan davomlilikda impulslarga o‘zgartiradi. Bunday modulyasiya kenglikli modulyasiya deyiladi. Agar tizim o‘lchangan kattalikni imuls yo‘li davrining muayyan, ya’ni o‘lchangan qiymatiga mutanosib qismini ajratuvchi 0 va hisoblovchi ikki impulslar yordamida uzatsa, bunday,modulyasiya fazoviy modulyasiya deyiladi. O‘lchangan kattalikni kodlash uchun yuguruvchi, signalni deshifrovka qilish uchun esa detektorlovchi qurilmalar ishlatiladi. CHastotali tizimlar ikki turda bo‘ladi: 1. CHastota-impuls modulyasiyasi tizimining signallari o‘lchangan kattalikka mutanosib bo‘lgan chastota bilan aylanuvchi o‘lchash tizimi valiklaridan olinishi mumkin.Signallarni detektorlar yoki jamg‘aruvchi kondensator yordamida qabul qilish mumkin. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 312 2. CHastotali modulyasiya o‘zgaruvchan tok bilan amalga oshiriladi, uzatuvchi qurilma o‘zgaruvchan sig‘imli yoki induktivli sinusoidal tebranishlar generatoridan iborat. O‘lchangan kattalikning o‘zgarishi o‘lchash tizimi orqali bajariladi. O‘zatilgan signal kuchaytirish kaskadi orqali detektorlovchi qurilmaga keladi, bu qurilma esa signal chastotasiga mutanosib bo‘lgan tok yoki kuchlanishni o‘lchashga imkon beradi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling