Umumiy doc
Siljish kompensasiyali o‘zgartkichlar
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Силжиш компенсацияли пневматик ўзгарткич схемаси.
Siljish kompensasiyali o‘zgartkichlar o‘lchash bloki sezgir elementining
siljishini 20—100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 8.12-rasmda siljish kompensasiyali sxema bo‘yicha ishlaydigan pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Ta’minlovchi havo bosimi hamda o‘zgartkich chiqishidagi havo bosimi M 1 va M 2 manometrlar orqali nazorat qilinadi. Birlamchi rele tarkibiga o‘zgarmas kesimli drossel 7, soplo 3 va o‘lchash bloki 1 ning sezgir elementi bilan bog‘langan to‘siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma- ket ulangan drossel va silfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi soplo 9 va 11 larni o‘z ichiga oladi. Birinchi soplodan R 0 bosimli siqilgan havo kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi. Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan mavjud. Uning holatiga ikkala 8.12 – расм. Силжиш компенсацияли пневматик ўзгарткич схемаси. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 309 drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, drossel qarshiliklari ham bog‘liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-biriga nisbatan konsentrik o‘rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan silfonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi pele va ikkilamchi asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog‘langan. Silfon yuritmasiga R 1 va R 2 bosimlardan o‘zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta’sir qiladi. To‘siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog‘liq. To‘siq soploni berkitganda silfonga ta’sir qiladigan R 1 bosim ko‘payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni berkitadi; P 2 bosim oshadi va soplo 11 batamom berkilganda, R 2 bosim o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. To‘siq soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz beradi, ya’ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, shuning uchun R 2 bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‘liq ochilishida nolga tenglashadi. Havo bosimining va o‘lchanayotgan parametrning o‘zgarishi quyidagicha bo‘ladi. R 2 bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‘siqni soplo 3 dan chetga suradi hamda soploning batamom berkilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o‘lchagichlar ishlatilishi mumkin. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling