Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Mikroprosessorli 
tizim 
— 
ishlayotgan 
tizimga 
tashkil 
qilingan 
mikroprosessorli komplektning o‘zaro ta’sirlanuvchi integral sxemalarining yagona 
bir butun to‘plamiga yig‘ilgan to‘plamidir, ya’ni mikroprosessorli hisoblash yoki 
boshqarish tizimi axborotga ishlov berish bo‘g‘ini sifatida. 
MikroEHM — bu konstruktiv tugallangan hisoblash qurilmasi bo‘lib, u 
alohida korpusda integral sxemalarning mikroprosessor komplekti asosida tuzilgan va 
ta’minot manbaiga, boshqaruv pultiga, axborotni kiritish-chiqarish bo‘g‘inlariga ega 
bo‘lib, bu esa undan o‘z dasturli ta’minotiga ega avtonom erkin ishlovchi qurilma 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


324 
sifatida foydalanishga imkon beradi. 
MikroEHMlar strukturasiga ko‘ra odatdagi EHMlardan ancha sodda qilib 
quriladi. Bu magistral — modulli deb ataluvchi juda o‘zgaruvchan strukturaning 
asosini (9.1-rasm) umumiy magistral (umumiy shina) tashkil etib, unga mashinaning 
bir-biri bilan interfeyslar yordamida bog‘langan konstruktiv tugallangan modullari 
ko‘rinishida bajarilgan talab kilingan nomenklatura va miqdordagi hamma 
qurilmalari ulanadi. 
Interfeys (inglizcha ihteface — o‘zaro bog‘lanish) raqamli hisoblash texnikasi 
qurilmalari o‘rtasidagi axborot almashishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 
signal chiziqlari va shinalari, elektron sxemalar va algoritmlar majmuasini 
(to‘plamini) ifodalaydi. 
Mikrokontroller (kontroller)—mikroprosessorlar yoki mikroEHM asosida 
bajarilgan mantiqiy boshqaruv qurilmasi. 
9.2- § RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASI QURILMASIGA 
TEXNOLOGIK PARAMETRLAR HAQIDAGI AXBOROTNI 
KIRITISH 
VIII bobda ta’kidlab o‘tilganidek, texnologik parametrlarni o‘lchashning 
zamonaviy vositalari o‘zgarmas tok, chastota va bosim ko‘rinishidagi chiqish 
signallariga ega bo‘ladi, ya’ni analogli bo‘ladi. Bu signallarni raqamli hisoblash 
texnikasi vositalariga kiritish uchun tegishli moslovchi qurilmalardan (yoki qo‘shish 
qurilmalaridan) foydalanish zarur. Bunda hal qilinadigan umumiy masala dastlabki 
o‘lchov o‘zgartkichlari (DO‘O‘) signallarini hisoblash texnikasi vositalari qabul 
qiladigan elektr kodli signalga almashtirishdan iborat. Texnologik parametrlarni 
o‘lchash vositalarining va hisoblash texnikasi vositalarining ishini moslashtirish 
9.1 – расм. Микро ЭҲМ нинг структура схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


325 
uchun foydalaniladigan qurilmalarning eng umumiy struktura sxemalari 9.2-rasmda 
ko‘rsatilgan. 
O‘zgarmas tok I ning elektr signallari kod signallariga analogli raqamli 
o‘zgartkich (ARO‘) yordamida (92-rasm, a, va b lar), f chastota signallariga esa 
chastotaviy raqamli o‘zgartkich (CHRO‘) yordamida o‘tkaziladi (9.2-rasm, v va g). 
Agar aytib o‘tilgan o‘zgartkichlar bir nechta dastlabki o‘lchov o‘zgartkichlari, 
masalan, DO‘O‘
1
—DO‘O‘
p
ning signallarini o‘zgartirish uchun foydalanilsa, u holda 
signallar navbati bilan ARO‘ ga elektr kommutator EK orqali keltiriladi (9.2-rasm, 
b). 
Pnevmatik DO‘O‘ lar ishlab chiqaradigan siqilgan havoning bosimi signallarini 
almashtirish uchun odatda pnevmoelekrik o‘zgartkich PEO‘ yordamida bosimni 
o‘zgarmas tok elektr signaliga dastlabki almashtirishdan foydalaniladi (9.2-rasm d, e, 
j). Bunda agar bir nechta DO‘O‘ ning signallarini almashtirish uchun bitta PEO‘ va 
9.2 – расмЎлчаш ва ҳисоблаш техникаси воситаларининг 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling