Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
майдонида тор
тебранишининг электр схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 306 tebranishlar chastotasi orqali aniqlanishi va taranglanish kuchiga bog‘liq bo‘lishi kelib chiqadi. Qarab chiqilgan generator 10 2 — 10 4 Gs chastotalar diapazonida ishlaydi. Tordan o‘tadigan tok 100 mkA dan oshmaydi. Tor, odatda, diametri 0,05 mm va uzunligi 20—50 mm atrofida bo‘lgan volfram simdan tayyorlanadi. O‘lchanayotgan parametrning chastotaviy signalga o‘zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi. O‘lchash blokining sezgir elementi o‘lchanadigan parametrni richag 1 va u bilan birga tor 3 qabul qiladigan mutanosib G‘ kuchlanishga o‘zgartiradi. Tor tarangligining o‘zgarishi generatorning xususiy tebranishlar chastotasining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa uning chiqish signalida o‘zgaruvchan tok chastotasi ko‘rinishida aks etadi. O‘zgartkichni berilgan o‘lchashlar chegarasiga moslash richag 1 ning epyura 6 nuqtasini surish bilan amalga oshiriladi. CHiqish signalining boshlang‘ich qiymatini nol signal korrektori 2 o‘rnatadi. (8.6) tenglamadan ko‘rinishicha, o‘zgartkichning statik tavsifi chiziqli emas. Statik tavsifni chiziqlilashtirish maqsadida o‘zgartkichning ba’zi turlarida kvadraturalar qo‘llaniladi. CHiziqli statik tavsifli birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlarining chiqish signalini quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblab topish mumkin: f N N N N f f ∆ ⋅ − − + = min max min 1 0 , (8.7) bu erda, f 1 — boshlang‘ich chastota; N – o‘lchanayotgan parametr qiymati; N max , N min —o‘lchashlar oralig‘ining (diapazonining) moc ravishda yuqori va quyi qiymatlari; ∆f — chastotaning o‘zgarish oralig‘i. CHastotali signallari bir xillashtirilgan birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlaridan keladigan o‘lchov axborotlarini qabul kiluvchilari (priyomniklari) raqamli mashinalar, boshqaruvchi va hisoblash mashinalari bo‘lishi mumkin. CHastotali signali birlashtirilgan birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlarining aniqlik sinfi 0,5 va 1,0. Axborotni uzatish uzoqligi 10 km. gacha. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling