Umumiy doc


XXII-bob. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMINI LOYIHALASHGA DOIR


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

XXII-bob. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMINI LOYIHALASHGA DOIR 
MISOLLAR 
22.1-§. MARKAZDAN QOCHMA KOMPRESSOR 
 
22.1.1. Kompressiyalash uzelining tavsifi 
Bug‘ yuritmali oddiy markazdan qochma kompressor uning bazaviy qurilmasi 
bilan birga modellanadi (22.1-rasmga qarang). Ishchi gaz sifatida gazsimon propan 
qo‘llaniladi. Bu model gazning siqilish prinsiplarini va kompressiyalash uzelini 
boshqarish ko‘nikmalarini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ishchi gaz bosimi 
rostlanuvchi so‘ruvchi idish orqali o‘tadi, shundan so‘ng kompressorning so‘ruvchi 
tomoniga («qabulga») tushadi. Gaz siqiladi va tizimdan chiqishdan oldin bosimi 
rostlanadigan chiqish quvuriga (kompressor «chiqishi») o‘tadi. 
Kompressorda minimal sarf qilish baypasi bo‘lib, u gazning to‘g‘ri oqimi 
kompressor uchun minimal zarur bo‘lganidan kam bo‘lganda pompajning oldini olish 
uchun foydalaniladi.
Bug‘ turbina yuritmasining tezligi gazning kompressordan chiqish bosimiga 
ko‘ra rostlanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


684 
 
22.1-rasm. Kompressiyalash uzeli sxemasi. 
22.1.2. Boshqarish prinsiplari 
Sovuq ishchi gaz E-1 so‘ruvchi barabanga va undan so‘ng kompressorning 
qabul qiluvchi quvuriga uzatiladi. E-1 dan chiqish quvuridagi bosimni PIRC-200 
regulyator ta’minlab turadi, uning klapani PV-200 E-1 da gazni uzatish chizig‘ida 
joylashgan. TIR-310 datchigi E-1 dagi haroratni nazorat qiladi, FIR-100 datchigi esa 
E-1 idishga ishchi gaz sarflanishini nazorat qiladi. 
E-1 dagi kondensat sathini LIR-400 datchigi nazorat qiladi. Sath to‘plangani 
sari kondensat E-1 dan NS-001 dastaki surilgich (qulf) orqali chiqarib tashlanadi. 
Bosimni avariyaviy pasaytirish uchun E-1 idishda prujinali saqlagich klapan (PPK) 
baypasida NS-003 sozlanuvchi to‘siqli saqlagich klapan o‘rnatilgan. 
Gaz TK-1 kompressorning so‘ruvchi tomoniga keladi va yanada kattaroq 
bosimgacha siqiladi, bu bosimni PIRC-210 regulyatori ta’minlab turadi. Siqish 
vaqtida ishchi gazning harorati ko‘tariladi, uni TIR-320 datchik ko‘rsatadi. 
PIRC-210 rostlagich bug‘-turbinali yuritmaning tezligini bug‘ni turbinaga 
uzatish liniyasida joylashgan PV-210 klapani yordamida boshqaradi. XIR-700 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling