18
o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi
tarkibini havoning issiq
o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiq o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash.
G‘oyatda aniq o‘lchashlarda
o‘lchov bilan taqqoslash usuli qo‘llanadi. Bunda
o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan takqoslanadi.
Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element
EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash
yoki massani pishangli
tarozlarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi
kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
Nol (kompensasion) usul o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan
kattalik
bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni
o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi.
Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan
ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo‘la oladi. Nol usul
o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
1.3-§. O‘LCHASH O‘ZGARTIRISHLARI VA O‘ZGARTKICHLARI
Texnologik o‘lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan
qisqacha quyidagicha
ifodalash mumkin:
«nimani, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?». SHuning
uchun, bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o‘lchash usullari va o‘lchashlarning eng
keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash
asboblari qarab chiqiladi.
Ko‘pchilik hollarda o‘lchashlar o‘lchanayotgan
fizik kattalikni oldindan
o‘zgartirish bilan bog‘lik..
Do'stlaringiz bilan baham: