Umumiy doc


CHiqish signallari tabiiy bo‘lgan o‘lchov o‘zgartkichlari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

CHiqish signallari tabiiy bo‘lgan o‘lchov o‘zgartkichlari shunday 
qurilmalarki, ularda chiqishdagi signallar tabiiy yo‘l bilan shakllanadi, ya’ni 
o‘lchanayotgan kattalikni birlamchi almashtirish uchun eng oddiy va samarali yo‘l 
bilan shakllanadi. O‘lchanayotgan kattaliklarning juda xilma-xilligiga qaramay tabiiy 
chiqish signallarining turlari, odatda, o‘nta bilan chegaraladi: siljish, burish burchagi, 
kuchlanishi, vaqt oralig‘i, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanish, aktiv va kompleks 
qarshilik, 
elektr 
sig‘im, 
chastota 
(takroriylik). 
Tabiiy 
signalli 
o‘lchov 
o‘zgartkichlarining ba’zi hollarda qo‘llanishi asosan lokal nazorat qurilmalarida va 
uncha murakkab bo‘lmagan ob’ektlarni avtomatlashtirishda iqtisodiy va texnik 
jihatdan maqsadga muvofiqdir. 
Tabiiy signallarni bir xillashtirilgan signallarga aylantirish uchun maxsus 
me’yorlovchi o‘zgartkichlar ko‘zda tutilgan. 
Diskret chiqish signalli o‘lchash o‘zgartkichlari (releli o‘zgartkichlar) 
chiqishda o‘lchanayotgan kattalik ma’lum qiymatga erishganda o‘z holatini 
o‘lchovchi kontaktga ega. Ular asosan texnologik signalizasiya uchun qo‘llanadi. 
O‘lchov qurilmalarida axborotni uzatish vositasi energiya yoki modda oqimlari 
hisoblanadi. O‘lchov o‘zgartkichining yoki asbobning kirishiga energiya kirmasa 
(o‘lchash ob’ektidan yoki oldingi o‘zgartkichdan), o‘lchash axborotini uzatish 
mumkin bo‘lmaydi. Buni xisobga olib, barcha birlamchi o‘zgartkichlar ikki guruhga 
bo‘linadi: generatorli va parametrik o‘zgartkichlar. 
Generatorli o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini 
shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan, 
termojuft haroratni termoEYUK ga aylantirib, energiyani faqat o‘lchash 
ob’ektidangina oladi. SHunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va axborot 
oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling