27
(masalan, reversiv dvigateliga) ta’sir qiladi yoki chiqish signali φ kuchaytirgich
chiqishidan olinadigan signal yo‘q bo‘lganda o‘zgarmay qolaveradi.
Signal asbob
ko‘rsatkichi
AK va kompensasiya qurilmasi
KQ ga beriladi.
SHunday qilib, chiqish
signali
φ
o‘lchanayotgan
X
kattalik
qiymatini
aniqlaydi.
Signalni
muvozanatlashtiruvchi asboblar yuqori aniqlikka ega bo‘lib,
kichik signallarni
o‘lchash imkonini beradi, ammo ularning tezkorligi kam, bahosi yuqori, ishonchliligi
esa to‘g‘ri o‘zgartkich asboblarinikiga qaraganda past.
1.5-§. O‘LCHASH XATOLIKLARI VA ANIQLIK SINFI
O‘lchash
natijasida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan
farq qiladigan qiymati topiladi. Qo‘pincha, fizik kattalikning
haqiqiy qiymati
noma’lum bo‘ladi va shu kattalikning qiymati o‘rnida uning tajriba yordamida
topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning
haqiqiy qiymatiga
shuncha yakin bo‘ladiki ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin.
Kattalikning o‘lchash usuli bilan topilgan qiymati
o‘lchash natijasi deyiladi.
O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqikiy qiymati orasidagi farq
Do'stlaringiz bilan baham: