Umumiy doc


Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash o‘zgartkichi birinchi bosqichi 
bo‘lib, unga o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymatini boshqa fizik kattalik qiymatiga 
o‘zgartiradi, masalan, deformasion manometrning naysimon prujinasi. Birlamchi 
o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki o‘zgartiriladigan fizik 
kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga uzatilishi mumkin. 
Oralik o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan 
keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkich bo‘lib o‘lchanayotgan fizik kattalikni 
unifikasiya (bir xil) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan o‘zgartkichdir. 
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi — o‘lchash axboroti signallarini masofadan 
turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir. 
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi — kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan o‘zgartkich. 
Istagan vazifani bajaruvchi o‘lchash o‘zgartkichi o‘lchash asbobi bilan 
konstruktiv birlashtirilgan bo‘lishi yoki o‘zi alohida qurilmani tashkil etishi mumkin. 
O‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan va o‘lchamlari, massasi hamda ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarga mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob beruvchi, zarur 
yordamchi elementlar bilan birga o‘lchov o‘zgartkichlarining bir qator konstruktiv 
to‘plamini datchik deb atash qabul qilingan. 
CHiqish signalining turiga qarab bir xillashtirilgan, tabiiy yoki diskret 
(kontaktli) signallar farq qilinadi. 
CHiqish signallari bir xillashtirilgan o‘lchash o‘zgartkichlari chiqishda 
o‘lchanayotgan fizik kattalikning turiga bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus qurilmalar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


21
yordamida shakllanadigan signallarga ega (ular tegishli davlat andozalarida ko‘zda 
tutilgan). 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling