Umumiy doc


o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchik


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchik deb 
yuritiladi. Uning bevosita o‘lchanayotgan fizik kattalik ta’siridagi qismi sezgir 
element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termojuft, manometrik 
termometrda tarmoballon ana shunday elementlardir. O‘lchov asboblari va 
o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega 
bo‘ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o‘lchagichlar, sath 
o‘lchagichlar, gaz analizatorlari, konsentratometrlar, nam o‘lchagichlar va hokazo. 
Ayrim o‘lchov vositalari va o‘lchov tizimlaridan tashqari murakkab axborot-
o‘lchov tizimlari ham qo‘llanadi. Ular ko‘plab texnologik uskunalarda avtomatik 
o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay (o‘lchov kanallari soni ming-
minglab bo‘lishi mumkin), balki o‘lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha 
zarur qayta ishlashni ham bajaradi. SHu munosabat bilan o‘lchash o‘zgartkichlarining 
axborot-hisoblash mashinalari va qurilmalari kirishiga keladigan signallarini 
unifikasiyalashtirish 
(bir 
xillashtirish) 
zarurati 
tug‘iladi. 
Signallarni 
unifikasiyalashtirish o‘lchov asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi. 
O‘lchov vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab ish
namuna va etalon o‘lchov asboblariga bo‘linadi. 
Ish o‘lchov asboblari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy 
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o‘lchov asboblariga va 
texnik o‘lchov asboblariga bo‘linadi. 
Namuna o‘lchov asboblari ish o‘lchov asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari 
bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. 
Etalon asboblari fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


25
o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish 
o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari 
o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa 
o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi. 
O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning 
ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna 
o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash deb ataladi. 
SHkala asbobni tekshirish bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida 
ifodalangan qiymatlar berish operasiyasi darajalash deb ataladi. 
O‘lchash vositalari yordamida o‘lchanayotgan fizik kattaliklar o‘lchash 
axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi. 
Fizik kattalikni o‘lchashda o‘lchov qurilmasi (asbobi) fizik kattalikni 
ko‘rsatkichning mutanosib siljitadi: 
)
(B
f
=
ϕ
(1.4) 
bu erda, φ — asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, V — o‘lchanayotgan fizik kattalik. 
(1.4) bog‘lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi. 
Har qanday o‘lchov asbobining ishi oqibat natijada o‘lchanadigan kattalikni 
ko‘rsatkichning siljishiga moslab o‘zgaririshga keltiriladi. SHu sababli o‘lchash 
asbobini sxematik ravishda, o‘lchanayotgan fizik kattalik V ni ko‘rsatkichning 
mexanik siljish miqdori φ ga o‘zgartiradigan o‘zgartkich deb qarash mumkin. 
Oraliq o‘zgartishlar soniga qarab asbobni bo‘g‘inlarga bo‘lish mumkin, bu 
bo‘g‘inlarning har biri asbob ichida V miqdorni ma’lum tarzda o‘zgartiradi. Ana shu 
bo‘g‘inlar majmuasi o‘lchanayotgan kattalikning talab etilgan o‘zgarishini 
ko‘rsatkichning siljishi φ ga o‘zgartiradi. 
1.2– rasm. O‘lchov asbobining umumlashgan strukturasi sxemasi 
Istalgan o‘lchov asbobining struktura sxemasi, uning ishlash, prinsipidan qat’i 
В 
Ўб
1
Ўб
2
Ўб
3
Ўб
n
Ўлчов асбоби 
B
n
=y 
В

В

В

В
n-1 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


26
nazar, ketma-ket ulangan o‘lchash bo‘g‘inlari O‘B
1, 
O‘B
2
, O‘B
3
,.....,O‘B
n
, (1.2-rasm) 
qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo‘g‘in O‘B
1
uchun 
kirish qiymati bo‘lib V kattalik xizmat kiladi. Har bir bo‘g‘inning chikish qiymati 
keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi O‘B
n
bo‘g‘inning 
chikish qiymati ko‘rsatkichning V
n
= φ siljishini anglatadi. 
Umumiy holda o‘lchov vositalarining struktura sxemasini qurish prinsipiga 
qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o‘lchash sxemasi va 
signali moslashtiriladigan o‘lchash sxemalari. To‘g‘ri o‘zgartirish prinsipi bo‘yicha 
qurilma o‘lchov vositalarida o‘lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki 
uning o‘lchash zanjiri qismidan iborat bo‘lgan sezgir elementga keladi. O‘lchash 
zanjirida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr toki 
kuchi yoki kuchlanishi. siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish 
kiritish bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash 
qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va 
sanash qurilmasi qolishi mumkin. To‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, 
etarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, 
kichik signallarini o‘lchashda foydalanib bo‘lmaydi. Defferensial o‘zgartkichlar va 
ular bilan o‘lchash sxemalari signali to‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari turlaridan biridir. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling