Umumiy doc


тягонапорметрнинг принципиал


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

тягонапорметрнинг принципиал 
схемаси
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


113 
bog‘lanish kuchi orqali muvozanatlashadi. Muvozanatlash richag 8, zaslonka (to‘siq) 
4 va G-simon richagdan tashkil topgan pishangli mexanizm orqali bajariladi. Teskari 
bog‘lanish kuchi kompensasion element — teskari bog‘lanish silfoni 7 dagi siqilgan 
havo bosimi orqali hosil bo‘ladi. O‘lchanayotgan bosim o‘zgarishi bilan pishang 8 va 
to‘siq 4 soplo 5 ga nisbatan siljiydi. Natijada soplo 5 ning yo‘lida (kanalida) 
nomoslik signali paydo bo‘ladi. Bu signal kuchaytirgich 6 dan teskari bog‘lanish 
silfoniga kelayotgan bosimni o‘zgartiradi. O‘lchanayotgan parametrning o‘lchovi 
bo‘lgan bosim bir yo‘la masofaga uzatish liniyasiga (kanaliga) ham yuboriladi. 
Asbobni sozlash uchun rolik 2 xizmat qiladi, u richag 1 va 8 lar bo‘ylab harakat 
qiladi. Prujina 3 asbobni nol belgisiga sozlaydi. 
Pnevmatik signalni 300 m masofaga uzatish mumkin. Bunday silfonli asboblar 
turli xilda va rusumda chiqariladi hamda turli chegarali o‘lchovlarga mo‘ljallangan. 
Ularning aniqlik sinfi 1 va 1,5. 
Silfonlarning asosiy kamchiliklari gisterezis mavjudligi va xarakteristikaning 
birmuncha nochiziqligidir. Gisterezis ta’sirini kamaytirish va bikrlikni oshirish 
maqsadida, ko‘pincha, silfon ichiga prujina o‘rnatiladi. 
Membranali asboblar. So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng 
qo‘llanmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan 
tayyorlangan yumshoq, shuningdek gofrlangan plastinkasimon membranalar yoki 
gofrlangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar bilan uncha katta 
bo‘lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlar hamda bosimlar farqi o‘lchanib, 
manometrlar, napormetrlar, tyagometrlar va difmanometrlar rusumli asboblar 
mavjud. 
Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, 
qalinligi, gofrlarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta’sir qiladigan 
bosimga 
bog‘liq. 
Membranadagi 
gofrlar 
uning 
bikrligini 
oshiradi 
va 
xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta’minlaydi. 
Membrananing bikrligini oshirish maqsadida uning o‘rta qismiga qattiq 
materialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, 
latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


114 
membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim qiymatiga qarab 0,02...1,0 mm bo‘lishi 
mumkin. 
Membranaga ikkala tomondan ta’sir etadigan bosimlar farqi ta’sirida uning 
markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta’sirida siljishi katta emas va 
1,5...2.0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va uzatish 
soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llashni talab etadi. Membrana asboblarning bu 
kamchiliklari ularni ishlatish doirasini cheklaydi. 
Membrana elastik sezgir elementlar ko‘proq membranali quticha ko‘rinishida 
bo‘lib, asboblar kichik bosim va siyraklanishni o‘lchashda ishlatiladi. 
Bunday membranali asboblar ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo‘lgan o‘lchash 
chegaralariga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1,5 va 2,5. 
Elektr va pnevmatik tarmoqlar tarkibiga kirgan yumshoq membranali 
difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. 3.6-
rasmda membranali elektr difmanometrning 
prinsipial sxemasi keltirilgan. 
Asbobning 
ishlash 
prinsipi 
elektr 
signalli kuch kompensasiyasiga asoslangan. 
O‘lchanayotgan bosimlar farqi membranali 
o‘lchash bloki 12 ning musbat va manfiy 
kameralariga beriladi. Membrana yordamida 
bosimlar farqi mutanosib kuchga aylantiriladi. 
Membranada hosil bo‘lgan kuch pishang 11 
yordamida o‘zgartgichning pishangli uzatish 
mexanizmiga uzatiladi. O‘zgartgich T-simon 
pishang 1, G-simon pishang 2 va pishang 8 
dan iborat bo‘lib, teskari bog‘lanish kuchi 
bilan muvozantlanadi. Teskari bog‘lanish kuchi magnitoelektr mexanizm 9 da 
(teskari bog‘lanish qurilmasi) bosimlar farqi o‘zgarishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda 
pishangli 8, nomoslik indikatori 6 ning bayroqchasi 5 ni siljitadi. Indikatorda paydo 
bo‘lgan nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magnitoelektr kuch 
3.6 – расмЮмшоқ мембранали 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling