Umumiy doc


Z-§. DEFORMASION (PRUJINALI) ASBOBLAR


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
3.Z-§. DEFORMASION (PRUJINALI) ASBOBLAR 
Prujinali asboblarning ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik 
elementlarning deformasiyalanishi yoki ularning kuchini o‘lchashga asoslangan. 
Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformasiyalanish 
natijasida o‘lchov asbobining strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki burchakli shkala bo‘yicha 
siljib, bosim qiymati R ni ko‘rsatadi. 
Prujinali asboblarning o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lishi uchun ulardagi elastik 
elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffisientlari kam bo‘lgan 
materiallardan tayyorlangan bo‘lishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari 
bo‘lmasligi talab qilinadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


110 
3.3 - rasm. Elastik sezgir elementlar 
 
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni 
o‘lchash uchun qo‘llanadi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 3.3-rasmda 
tasvirlangan, ularga naychali prujina (a), silfonli (b), yassi va gofrlangan 
membranalar (v, g), membranali quticha (d), bikr markazli yumshoq membranalar (e) 
kiradi. 
Statik xarakteristikaning shakli va tikligi sezgir elementning tuzilishiga
materialga va haroratga bog‘liq. Sezgir elementlarning elastiklik holati kuch bo‘yicha 
qattiqlik koeffisienti bilan xarakterlanadi: 
h
S
P
h
F
K
э
F

=
=
(3.20) 
bu erda, G‘, S
E
 — mos ravishda elastik sezgir elsmentga ta’sir etadigan kuch va elementning foydali yuzi; h — 
sezgir element erkin uchining siljishi. 
Prujinali asboblarning afzalligi ularning soddaligi, ishonchliligi, universalligi
ixchamligi va o‘lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan iborat. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling